Sony Xperia 5 V smartfoni sotuvga chiqdi

Uchta kameradan voz kechib, qoʻsh kameraga oʻtgan, 6.1 dyuymli displeyga ega, katta batareyali ixcham flagmandir.

Sony Xperia 5 V smartfoni shu oyning boshida taqdim qilingandi.U ixchamgina, va yangicha dizaynga ega, metall ramka va muzli shishali orqa panelga ega. 

Smartfon 120 Gts chastotali va tomonlar nisbati 21:9 boʻlgan 6,1 dyuymli FHD + OLED ekran va displey tepasida hamda ostida joylashgan old stereo dinamiklar bilan jihozlangan.

Sony Xperia 5 Vʼni Snapdragon 8 Gen 2 bir chipli tizimi, shuningdek, microSD karta sloti yordamida kengaytirilishi mumkin boʻlgan 8 Gb tezkor va 128 Gb ichki flesh-xotira bilan kuchaytirilgan. 

u 3 ta rangda mavjud koʻk, qora, kumush.

Smartfon 120 Gts chastotali va tomonlar nisbati 21:9 boʻlgan 6,1 dyuymli FHD + OLED ekran va displey tepasida hamda ostida joylashgan old stereo dinamiklar bilan jihozlangan.

Tasvirga kelsak, Sony Xperia 5 V Exmor T mobil tasvir sensori bilan jihozlangan boʻlib, u kam yorugʻlikda  ham shovqinsiz yanxshi natija beradi, chunki koʻp kvadratli sintetik shovqinni kamaytirish bilan birlashtirilgan yangi ikki qavatli tranzistorli piksel texnologiyasidan foydalanilgan. Bu "toʻliq kadrli kamera bilan solishtirish mumkin" deyiladi.

Videoga olish jarayonida mikrofon sifatida yaxshilangan.

Zaryadlashda batareyani himoya qilish texnologiyasi bilan jihozlangan boʻlib, batareyani monitoring qilish dasturi orqali quvvatni haddan tashqari toʻlib ketishini oldini oladi va "batareyani 3 yilgacha sogʻlom" saqlaydi.

Narxlar:

Narxlar davlatlarga qarab turlicha.

Germaniya, Fransiya va Ispaniyada -  999 yevro dan boshlanadi

Buyuk Britaniyada - 1040 dollardan boshlanadi

Xitoyda 8G+256G ~ 960 dollardan boshlandi

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33