Smartfonlar haqida afsona va haqiqatlar: qizigan qurilmani muzlatkichga qoʻyish kerakmi?

Baʼzan kishilarning telefondan foydalanish boʻyicha bergan maslahatlarini eshitib hayratga tushamiz, biroq aslida u foydali boʻlsa-chi? Yoki aksincha…

Hali knopkali telefonlar urfda boʻlgan vaqtlarda odamlar shishib qolgan telefon batareyasini urib yoki tishlab ishlatishardi va qurilma ham “binoyidek ishlab ketardi”. Quyida shunday ajabtovur maslahatlardan birini koʻrib chiqamiz:

Smartfonni muzlatkichga qoʻyishdan nima foyda?

Smartfon bilan bogʻliq muammolarni xalqona “davolash”ning bir nechta usullari mavjud. Ulardan baʼzilari haqiqatan ham mantiqli koʻrinadi, baʼzilari esa butunlay gʻayrioddiy. Misol uchun, haddan tashqari qizib ketgan qurilmani boʻyicha keng tarqalgan muzlatgichga qoʻyish taklifini olaylik.

Smartfonning haddan tashqari qizishi

Qishda smartfon qizib ketishi ehtimoli yozga qaraganda ancha past. Bu, ayniqsa, agar siz mashinada smartfondan foydalansangiz, masalan, navigator sifatida old oynaga oʻrnatsangiz tez sodir boʻladi. Bunday sharoitda qurilmasidan foydalanishni davom ettirish faqatgina zararli boʻlishi mumkin.

Haddan tashqari qizib ketgan telefonni muzlatkichga qoʻyish esa, uni sovitishning mantiqiy yechimi kabi tuyuladi. Gap shundaki, haroratning keskin oʻzgarishi, qurilmaga hech qanday foyda keltirmaydi. Harorat farqi tufayli qurilma ichida kondensatsiya hosil boʻlishi va bu smartfonga zarar yetkazishi mumkin. Xuddi shu narsa aksincha, yaʼni muzlab qolgan qurilmani sunʼiy isitish uchun ham amal qiladi.

Toʻgʻri yechim: qurilmani ustidagi chexolini olib tashlagan holatda salqinroq, soya joyda qoldiring. Muzlatgichga esa unchalik ehtiyoj yoʻq.

Muzlatkich ming “dardga” davo(mi?) 

Muzlatkich yoki sovitkich nafaqat qizib ketgan qurilmaga, balki telefon bilan bogʻliq boshqa koʻplab muammolarni hal qilishda ham tavsiya etilar ekan.

Aytaylik, telefonni muzlatkichga qoʻyib uni tezda quvvatsizlantirish mumkin ekan. Aslida esa, bu fakt qisman toʻgʻri: sovuq haroratda smartfon tezroq zaryadsizlanishi mumkin. Misol uchun, qishda smartfon quvvati nisbatan tez ketadi. Lekin, muzlatkichda “zaryadi tashlab yuborgan” smartfonni biroz qizdirishingiz bilanoq u qayta yonadi.

Boshqa afsonalar

Buni qarangki, yuqoridagilardan tashqari, telefon tarmoqqa ulanmasa, quloqchin rejimidan chiqmasa, zaryad olmay qoʻysa, Wi-Fi yoki Bluetooth ishlamay qolsa va shu kabi boshqa holatlarda ham muzlatkich davo boʻlishi haqida xalqona maslahatlar berilar ekan. 

Bizning tavsiyamiz esa, agar siz YouTubeʼda turli holatlarni sinab koʻrsatishni yoqtiruvchi bloger boʻlmasangiz, bunday maslahatlarni amalda sinab koʻrmaganingiz maʼqul.

Internetda muzlatkichga qoʻyib ishlatishni maʼqullagan turli sharhlarni ko‘p uchratish mumkinligiga qaramay, ba’zilar bunday qilishning mutlaqo foydasizligi haqida bilar ekan. Qizigʻi shundaki, aksariyat shu turdagi maslahatlar negadir Apple smartfonlari bilan bogʻliq ekan.

Oʻz navbatida, tavsiya koʻrinishida taqdim etilgan mazkur maqolamiz soʻnggida sizga, telefoningiz bilan bogʻliq muammolarda jonli yechim —mutaxassislarga murojaat qilishni maslahat beramiz.

Oldinroq “aytishniklarning klassik muammosi” — ijtimoiy tarmoqlarga chalgʻimaslikning yechimi topilgani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33