Samsung yangi Galaxy S26 ni taqdim etdi

Samsung Galaxy S26 Ultra chiqdi — ekranni yondan ko'rib bo'lmaydi

Galaxy S26 Ultra

Samsung bugun Galaxy S26 Ultra flagmanini rasman namoyish qildi va bu smartfon kompaniya tarixida birinchi marta apparat darajasida ishlaydigan maxfiylik ekran bilan kelayapti.

Chip va ekran

Ichida beshinchi avlod Snapdragon 8 Elite for Galaxy maxsus chipi ishlaydi.
- NPU tezligi 39%
- grafika 24%
- protsessor esa 19% ga tezlashgan.
Ekran — 6,9 dyuymli QHD+ (3120x1440) ikkinchi avlod Dynamic AMOLED.
Yangilanish chastotasi 1–120 Hz, maksimal yorqinlik 2600 nit, rang chuqurligi 10 bit.

Maxfiylik rejimi — asosiy "fishka"

Galaxy S26 Ultra'ning eng qiziq yangiligi — o'rnatilgan maxfiylik ekran. Yoningizda turgan odam ekraningizni ko'ra olmaydi. Bu funksiyani alohida-alohida sozlash mumkin: ma'lum ilovalar, bildirishnomalar, tizim sozlamalari, parol va PIN-kod kiritish oynalari — hammasiga alohida maxfiylik yoqib qo'ysa bo'ladi.

Dizayn va xotira

Qalinligi 7,9 mm, og'irligi 214 gramm. Ramka yangilangan mustahkam alyuminiydan yasalgan. Oltita rang bor — to'rttasi oddiy, ikkitasi faqat rasmiy saytda. Xotira maksimal 16 GB RAM va 1 TB ichki xotira. Batareya o'sha-o'sha 5000 mAh, lekin quvvatlash tezroq.

S Pen qo'llab-quvvatlanadi, IP68 himoya bor.

Kameralar

Orqa tomonida to'rtta kamera joy olgan: 

- 200 megapikselli asosiy kamera
- 50 megapikselli ultra keng burchakli
-  hamda 50 va 10 megapikselli ikkita telefoto kamera
- Optik zoom 3x va 5x darajada ishlaydi
- Selfie kamera esa 12 megapiksel.
Keng burchakli kameraning diafragmasi F1.4 ga kengaytirilgan — bu tufayli suratlar 47% yorqinroq chiqadi. Telefoto kamerada esa F2.9 diafragma ishlatilgan va yorqinlik 37% ga oshgan.

Galaxy AI

Sun'iy intellekt funksiyalari ham bor: rasmlarni tahrirlash, fotodan stiker yasash, tezkor xulosalar va Bixby yordamchisi.

Narxlar (Xitoy bozori)

- 12 GB + 256 GB — 9 999 yuan ≈ 17 669 000 so'm
- 12 GB + 512 GB — 11 599 yuan ≈ 20 496 000 so'm
- 16 GB + 1 TB — 13 999 yuan ≈ 24 737 000 so'm 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung yangi Galaxy S26 ni taqdim etdi
Samsung Galaxy S26 Ultra chiqdi — ekranni yondan ko'rib bo'lmaydi
Smartfon
25 fevral, 23:56
Yangi dizayn: Samsung Galaxy Z Flip7 ning Afzalliklari
Dunyo miqyosida Samsung buklanadigan telefonlar texnologiyasini rivojlantirishda peshqadamlik qilmoqda. Yangi Galaxy Z Flip7 esa yanada yupqa qurilma, mustahkam tuzilishi va ekologik toza materiallardan foydalanishi bilan ajralib turadi.
Smartfon
06 avgust, 13:46
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
Texnologiya
01 avgust, 15:09
Reddit endi qidiruv tizimiga aylanishni istayapti
Reddit asoschisi va bosh direktori Stiv Xaffman kompaniya endi o‘zini “asosiy qidiruv tizimlaridan biri”ga aylantirish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
01 avgust, 13:58