Samsung telefonlari sunʼiy intellekt yordamida raqobatchilaridan o‘zib ketmoqchi

Maʼlum boʻlishicha, Galaxy S24 seriyasida AIʼga asoslangan funksiyalar paydo boʻladi.

Samsung “Galaxy smartfonlarining AI asosidagi yangi davri” boshlanganini eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ishlab chiqaruvchi boʻlajak flagman Galaxy S24 liniyasini deyarli “tarixdagi eng aqlli smartfonlar”ga aylantirmoqchi.

Funksiyalardan biri ovozli tarjimon boʻlib, u telefon qoʻngʻiroqlari paytida faollashtiriladi va nutqni real vaqtda tarjima qiladi.

Bunda zarur amallar smartfonning oʻzida amalga oshiriladi va shu sababli, suhbatlar mazmuni kuzatib boriladi.

Sunʼiy intellekt boshqa maqsadlarda — masalan, yozishmalar, fotosuratlar va videolarni qayta ishlash uchun ishlatilishi ham mumkin, degan taxmin ham yo‘q emas.

Yanvar oyida sotuvga chiqariladigan Galaxy S24 flagman seriyasiga sunʼiy intellekt asosidagi TOP funksiyalar  qoʻshilishi aytilmoqda. Biroq, taxmin qilish mumkinki, bir qator generativ sunʼiy intellekt funksiyalari pullik obuna formatida taqdim etiladi.

Oʻtgan hafta boshida Samsung oʻzining Gauss nomli generativ AI modelini namoyish etdi. Yangi sunʼiy intellekt foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan bir nechta kalit soʻzlar asosida kontent yaratishi va tahrirlashi mumkin, bu borada u ChatGPT va Google Bardʼga raqobatchi boʻlmoqchi.

Galaxy S24 seriyasining xususiyatlari

Insayderlarning fikriga koʻra, Samsung yangi Galaxy S24 liniyasida barcha soʻnggi tendensiyalar va xususiyatlarni joriy qilmoqchi. Hozircha bizga titandan ishlangan ingichka ramka va 2 Gb xotira haqida maʼlum qilingan.

Barcha modellarning dizayniga kelsak, asosiy Galaxy S24 versiyasi soʻnggi iPhoneʼlar uslubiga teskari ravishda, tekis yon qirralarga ega boʻladi.

Shuningdek, Samsung kelgusi yilda 440 megapikselli rekord oʻlchamli kamera sensorini chiqarishni rejalashtirmoqda. Taxminlarga koʻra, birinchi boʻlib Galaxy S25 Ultraʼda bunday kameralar boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47