Samsung Galaxy Z Fold 5 / Flip 5 taqdim etildi: deyarli oʻzgarish yoʻq
Bugun Samsung anʼanaviy yozgi taqdimotini oʻtkazdi va Galaxy Z liniyasining yangi buklamafonlari – Fold 5 va Flip 5ʼni namoyish etdi.
Samsung Galaxy Z Fold 5 minimal yangilanishlarga ega boʻldi. Asosiy oʻzgarish yangi sharnir boʻlib, u qatlanganda qoladigan boʻshliqni deyarli butunlay yoʻq qiladi. Orqa panelda kamera bloki kosmetik qayta ishlangan, fonarini ham joyi oʻzgargan.
Texnik jihatdan 7,6 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displey 2176x1812 (374 PPI), 120 Gts chastotani qoʻllab-quvvatlaydi va 1750 nitsgacha boʻlgan yorqinligi yuqori. Tashqi tarafdan 2316 × 904 (402 PPI) oʻlchamlari bilan 6,2 dyuymli shunga oʻxshash matritsa Corning Gorilla Glass Victus bilan qoplangan.
Chipseti Snapdragon 8 Gen 2, operativ xotira — 12 GB, asosiy — 1 TB gacha.
Kameralar oʻzgarmagan — koʻrinishidan, bularning barchasi oʻsha-oʻsha oʻlchamlarda qolgan: asosiysi 50 MP, “ultra keng” — 12 MP, “telefoto” — 3x kattalashtirish bilan 10 MP va ikkita old kamera — 10 MP va 4 MP (ichki displey ostida).
Samsung Galaxy Z Fold 5 narxi 1799 dollardan boshlanadi.
Samsung Galaxy Z Flip 5 748 × 720 (306 PPI) va 60 Gts chastotali diagonali 3,4” (oldingisiga nisbatan 1,9”) boʻlgan yangi tashqi AMOLED displey bilan jihozlangan.
Kattalashtirilgan oʻlcham tufayli u yanada funksionallashgan: Galaxy Watch 6 siferblati bilan sinxronizatsiyalangan, vidjetlarni oʻzgartirish, bildirishnomalarni koʻrish va xabarlarga javob berish mumkin.
Samsung Galaxy Z Flip 5 ham Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlangan. Asosiy versiyada xotira hajmi 256 Gb gacha oshgan, operativ xotira hajmi oʻzgarishsizligicha — 8 Gb.
Ichki ekran oʻzgarmagan — 120 Gts chastota va 6,7” diagonaliga. Kameralari ham bir xil: 12 megapikselli ikkita modul. Faqat ichki 10 megapikselli selfi kamerasi f/2,4 dan f/2.2. gacha koʻtarilgan diafragmaga ega.
Samsung Galaxy Z Flip 5 narxi 999 dollardan boshlanadi.
Yangi qurilmalarning sotuvi 11-avgustdan boshlanadi.