Samsung ixlosmandlaridan Galaxy telefonlarining 7 ta kamchiligi haqida

Samsung bugungi kunda eng mashhur Android telefonlarini ishlab chiqaradi. Lekin hech narsa mukammal bo’lmaganidek, Galaxy telefonlari ham bir nechta kamchilikka ega.

Ko'pchiligimiz uchun Android va Samsung salkam bir xil ma’noni anglatadi. Janubiy Koreya gigant kompaniyasi istalgan byudjet uchun yaxshi Android qurilmalarini ishlab chiqaradi.

Ushbu maqolada biz Samsung ishqibozi tomonidan bildirilgan Galaxy telefonlarining yettita minusini sanab o'tamiz.

1. Ortiqcha ilova va dasturiy yechimlar

Galaxy qurilmalari oldindan oʻrnatilgan Samsung ilovalari bilan birga keladi, ularning aksariyati barcha Android telefonlaridagi Google ilovalarining o’xshashi xolos.

Agar sizga Samsungning ilova variantlari yoqmasa, xotirani kengaytirish uchun ularni telefoningizdan qo‘lda o‘chirib tashlashingiz kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, Galaxy Store, Bixby, AR Zone va boshqalar kabi tizim ilovalarini o‘chirib bo‘lmaydi, shuning uchun yagona yo’li — ularni biror chekkaroqqa berkitishdir.

2. Suratlarga haddan tashqari ishlov berilgandek ko'rinadi

Bugungi kunda smartfon kamerasi muhim ahamiyatga ega, chunki yaxshi telefonlarda tasvirni qayta ishlash algoritmlari yanada kuchliroq bo'ladi. Ammo agar sizda Samsung telefon bo'lsa, u qayta ishlashni haddan tashqari oshirib yuborishini va rasmlaringizni soxta ko'rinishini payqagan bo'lsangiz kerak.

3. One UI

Biz One UI eng yaxshi Android fon uslublaridan biriligini tan olsakda, uning ba'zi qismlari noto'g'ri ishlab chiqilgani yoki to'liq emasligi aniq.

Barmoq izi skaneri asta ishlaydi

Barmoq izini skanerlash, ayniqsa, qo'lqop yoki shu kabi narsalar borligida juda uzoq davom etishini ham payqash mumkin.

4. Samsung Pass Chrome bilan ishlamaydi

Samsung Pass bu biometrik autentifikatsiya xizmati boʻlib, undan barmoq izingiz yordamida veb-saytlar va ilovalarga tezda kirish uchun foydalanishingiz mumkin. Aslida, bu avtomatik to'ldirish xizmati. Eng yaxshi tomoni shundaki, sizning biometrik ma'lumotlaringiz Samsungning Knox xavfsizlik tizimi bilan himoyalangan.

5. Boshqa Android telefonlariga qaraganda sekinroq zaryadlash

Samsung, ehtimol, Android'dagi raqobatchilar bilan solishtirganda, telefonlarini zaryadlash tezli nisbatan sekin. Boshqa brendlar zaryadlash tezligi 65 Vt, 80 Vt, 120 Vt yoki undan ham yuqori bo'lgan telefonlarni chiqarayotgan bo'lsada, Samsung hozirda taqdim etayotgan maksimal zaryadlash tezligi S23 Ultra flagmani bilan 45 Vt gacha tashkil qiladi.

6. Samsung message bilan bog'liq muammolar

Samsung Messages koʻplab Galaxy qurilmalaridagi standart xabar almashish ilovasi boʻlib, Google Messages’ga toʻgʻridan-toʻgʻri raqobatchi hisoblanadi. Ammo, Samsung xabarlari juda cheklangan.

7. Yuqori aniqlikdagi fotosuratlarni olishdagi sekinlik

Samsung o'zining yuqori aniqlikdagi kameralarini shu qadar yaxshi ko'radiki,  aytaylik, S23 Ultra’ni 200 megapikselli ajoyib kamera bilan kuchaytirgan. Ammo boshqa “minus tarafi” shundaki, texnologiyadan unchalik xabardor bo'lmagan odamlar kadrda qancha ko'p megapiksel bo’lsa, shuncha sifatli va yaxshi tasvir bo’ladi, deb xato fikrlashadi.

Aslida esa, bu holat tasvirni olish tugmasining sekin ishlashiga sabab bo’ladi.

Samsung telefonlarining kamchiliklari

Albatta, Samsung telefonlari bilan bog'liq ba'zi muammolar boshqa kompaniyalarda ham uchraydi, misol uchun, Xiaomi telefonlari ham keraksiz dasturlar bilan to'lib-toshgan, Nokia va Motorola ham haligacha tez zaryadlash funksiyalariga ega emas. 

Biz hamma brendlarda uchragani kabi, Samsung telefonlarining kamchiliklarini sanadik xolos, afzalliklari esa bundan ko’p va tanlov doimo o’z qo’lingizda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04
Bitcoin narxi tarixda ilk marta 77 ming dollardan oshdi
Ethereum narxi deyarli 3 ming dollarni tashkil etdi
Texnologiya
09 noyabr, 09:53
Samsung yangi buklanadigan W25 Flip smartfonini taqdim etdi
"Galaxy" qo'shimchasi yo'q, premium-klassdagi 1400 dollarlik smartfon.
Smartfon
08 noyabr, 17:29