Samsung Galaxy S25 Ultra dizayni internetda tarqaldi

Samsung Galaxy S25 Ultra old tomondan birinchi ko‘rinishi.

Flagman smartfon taqdimotigacha hali yarim yil bor, lekin biz allaqachon bu telefon qanday ko‘rinishda bo‘lishini oldindan ko‘ra olamiz.

Mashhur insider Ice Universe kelasi yili chiqadigan Samsungning eng yirik modeli bo‘lgan Galaxy S25 Ultra smartfonining hali chiqmagan suratlarini e'lon qildi.

Agar suratlarga qarasak, Samsung yangi smartfonida o‘tkir burchaklarni olib tashlashga qaror qilgan. Ekran va uning burchaklari biroz yumaloqroq bo‘ladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, kompaniya foydalanuvchilardan kelgan shikoyatlarni inobatga olgan. Avvalgi modellar, masalan, Galaxy S24 Ultra, qo‘lga olishda noqulay va ba'zan og‘riqli his qilinishi mumkinligi haqida fikrlar bo‘lgan.

Galaxy S25 Ultra modeli yangi dizayni bilan birga, avvalgilarga qaraganda kattaroq ekran o‘lchamiga ega bo‘ladi. Bu Samsungning tarixida eng katta ekranli smartfon bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, ekranining nisbati ham o‘zgaradi, ya'ni telefon yanada ingichka va uzunroq bo‘ladi, deyarli Sony Xperia telefonlariga o‘xshash.

Galaxy S25 Ultra modelining atrofidagi ramkalar avvalgi modellarga nisbatan ancha yupqa bo‘ladi. iPhone 16 Pro Max bilan solishtirganda, ushbu yangi Samsung modeli biroz qalinroq, lekin balandligi bir xil bo‘ladi.

iPhone 16 Pro Max vs S25 Ultra
iPhone 16 Pro Max vs S25 Ultra

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23