Samsung Galaxy S23 FE smartfoni narxiga qanchalik arziydi?

Galaxy A54 kabi xususiyatlarga ega smartfon deyarli Galaxy S23 qiymatida turibdi.

Insayder Abxishek Yadav Hindistonda Samsung Galaxy S23 FE smartfoni narxini oshkor qildi. Maʼlumotlarga koʻra, 128 GB flesh-versiyasining narxi 660$, 256 GB flesh versiyasi esa 720 dollarga baholangan.

Oldingi, S21 FE versiyasi 600 dollarga (AQShda) sotilganini hisobga olsak, Galaxy S23 FE bilan taqqoslaganda, yangi mahsulot narxi sezilarli darajada oshganini bilish mumkin. Ammo muammo shundaki, yil boshida chiqarilgan Galaxy S23ʼni Hindistonda 800 dollarga yoki undan ham arzonroqqa sotib olish mumkin, Galaxy S23 esa unumdorlik jihatidan Galaxy S23 FEʼdan yuqoriroqligini unutmaslik kerak.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra,

- Galaxy S23 FE diagonali 6,4 dyuymli

- 120 Gts chastotali Dynamic AMOLED ekran,

- 50, 8 va 12 MP datchiklarga ega kamera,

- 25 Vt quvvatlanishni qoʻllab-quvvatlaydigan 4500 mA/soat akkumulyatorga ega boʻladi.

Texnik xususiyatlariga koʻra, Galaxy S23 FE Galaxy A54ʼga oʻxshash boʻladi, narxi esa Galaxy S23ʼnikiga oʻxshab ketadi.  

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17