Mavjud bo‘lmagan iPhone 15 Pro va Pro Max uchun oldindan buyurtma berish boshlandi (narxlar)

Caviar kompaniyasi bugundan boshlab flagmanlarni nomlari, rangi va rasmlari bilan sotuvga chiqardi. Narxi ~1 563 dollardan boshlanadi.

Maʼlum boʻlishicha, Caviar zargarlik kompaniyasi Rossiyada 18-maydan boshlab iPhone 15 pozitsiyalari va ranglari uchun oldindan buyurtma berish ochilganini eʼlon qildi.

Narxi bir yoqda tursin, hali yakuniy koʻrinishi aniq boʻlmagan iPhone 15 2023-yilning sentyabr oyida taqdim etiladi. Hozirgacha mazkur model haqida juda koʻplab va turlicha insayder maʼlumotlari tarqalgan boʻlib, ularning qay biri soʻnggi versiyaga mos tushishi mutlaqo nomaʼlum.

Caviar maʼlumotlariga koʻra, yangi iPhoneʼlar toʻrtta rangda boʻladi: asosiy qora, oltin va kumush ranglar, shuningdek, trend toʻq qizil. Narx xotira va smartfon hajmiga bogʻliq (128 GB dan 1 TB gacha).

iPhone 15 Pro narxlari:

  • 128 GB — ~1 563$;
  • 256 GB — ~1 688$;
  • 512 GB — ~1 939$;
  • 1 TB — ~2 188$.

iPhone 15 Pro Max narxlari:

  • 128 GB — ~ 1 688$;
  • 256 GB — ~ 1 813$;
  • 512 GB — ~ 2 063$;
  • 1 TB — ~ 2 313$.
Ko‘rib turganingizdek, narxlar oldinroq bir Apple insayderi tomonidan taqdim etilgan summadan ko‘proq — yangi 15 modeli eng qimmat Apple smartfoniga aylanishi kutilmoqda. AQShda kutilayotgan narxi — 1 199$. Albatta, yetkazib berish qiymatini hisoblaganda, boz ustiga Rossiyaning sanksiya ostida bo‘lgani uchun uchraydigan qiyinchiliklar hisobiga narx adolatli bo‘lishi mumkin. Qolaversa, smartfon Oʻzbekistonga kelgunicha ham ancha-muncha qimmatlashishi aniq.

Narx ichki maʼlumotlarga va Caviar savdo tajribasiga asoslanadi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, narx yorligʻi belgilangan — u Apple taqdimotidan keyin ham oʻzgarmaydi. Oldindan buyurtma berish bosqichida pul toʻlash shart emas, shunchaki ariza toʻldirish va navbat band qilish yetarli.

Kompaniya barcha iPhoneʼlarni parallel import yoʻli bilan olib keladi. Har bir qurilmani sotib olishdan oldin xaridor IMEI kodini tekshirishi mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35