iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi

Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.

X (Twitter)

Taniqli insayder Fix Focus Digital iPhone 17 Pro-ning yangi dizayndagi renderlarini Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfonning orqa qismi ikkita materialdan—alyuminiy va korpus markaziy qismidagi shisha paneldan tayyorlanadi. Bu yechim simsiz zaryadlash imkoniyatini saqlab qolishga imkon beradi.

Shuningdek, Apple orqa kamera blokining dizaynini o‘zgartirishi kutilmoqda. iPhone 17 Pro-da bu blok to‘rtburchak shaklda va shishadan yasalgan bo‘lib, orqa qopqoqdan ingichka alyuminiy chiziqcha bilan ajratilgan.

Fix Focus Digital ta’kidlashicha, iPhone 17 Pro Max modelida “Dynamic Island” maydoni sezilarli darajada qisqartiriladi. Bunga “superlinzalar” texnologiyasi yordam beradi, bu esa displeydagi kesma hajmini kamaytiradi. Ilgari kompaniyaning yangi modellarida Face ID skaneri ekran ostiga joylashtirilib, old kamera uchun kichik kesma qoldirilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi (bu yechim Android smartfonlarida qo‘llaniladi).

iPhone 17 seriyasining taqdimoti 2025-yil sentyabr oyida bo‘lishi kutilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Apple Plus-versiyasidan voz kechib, uning o‘rniga atigi 5,5 mm qalinlikdagi rekord darajada yupqa korpusga ega bo‘lgan iPhone 17 Air modelini taqdim etadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17