iPhone 15 Ultra smartfoni namoyish qilindi (video)

Mazkur yil sentyabr oyida taqdim etiladigan iPhone 15 Ultra maketi tasvirlangan video YouTubeʼga joylandi. Videoda yangi flagman iPhone 14 Pro Max bilan solishtirildi. Shuningdek, iPhone 15 taxminiy narxi ma’lum qilindi.

Unbox Therapy YouTube kanalida yangi Apple smartfoni aks etgan video paydo boʻldi. Gap iPhone 15 Ultraʼning maketi haqida ketmoqda. U ilgari tarqalgan insayder maʼlumotlari va aksessuarlar ishlab chiqaruvchilarining maʼlumotlariga koʻra tayyorlangan. Videoda gadjet allaqachon chiqarilgan iPhone 14 Pro Max bilan solishtirilgan.

Bir qarashda yangi iPhone 15 Ultra oldingi 14 modelidan deyarli farq qilmaydi. Lekin maketdagi modelga koʻra, 

  • iPhone 15 korpusi ingichkalashadi;
  • Ekran ramkalari qisqaradi;
  • Lightning porti USB-C bilan almashtiriladi;
  • Ovozni oʻchirish tugmasi knopkaga aylanadi.

Avvalroq insayderlar yangi iPhone 15 Ultra yaxshi himoyalangan titan korpusi va OLED displeyiga ega boʻlishini aytishgandi. Smartfon nomi ham oʻzgarishi mumkin. Shuningdej, boshqa bir dizayner versiyasiga ko‘ra, flagman ko‘rinishi mutlaqo boshqacha bo‘ladi. Yaʼni u taxminan iPhone 15 Ultra Max yoki iPhone 15 Pro Max deb nomlanadi.

Yangi 15 modeli iPhone eng qimmat Apple smartfoniga aylanishi kutilmoqda. AQShda kutilayotgan narxi — 1199 dollar, Oʻzbekistonga kelgunicha bu raqam ancha-muncha kengayishi aniq.

Avvalroq iPhone 15 Proning sifatli render rasmlari va texnik xususiyatlari ma’lum bo‘lgan, unda smartfonning yon knopkalari bo‘lmasligi aytilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47