iPhone 15 rasmlari internetda tarqaldi

iPhoneʼning navbatdagi rusumi mutlaqo yangi rang va dizaynda boʻlishi taxmin qilinmoqda.

Apple har bir yangi modelida iloji boricha “wow” effekti yaratishga harakat qiladi. Lekin negadir bu odatda smartfon rangi yoki oʻlchami kabi xususiyatlar bilan cheklanib qolaveradi. iPhone bu safar ham shu anʼanaga sodiq qolishi mumkin, deb sizni hafsalangizni pir qilmoqchi emasmiz, chunki sentyabrda anʼanaviy taqdimoti boʻlib oʻtadigan iPhone 15 ranglari haqiqatda sizni hayratlantiradi.

Rang boʻyicha anchayin mutaxassis boʻlib qolgan Apple, iPhone 14 Proʻni toʻq binafsha, iPhone 14 ni oʻzini esa binafsha rangda taqdim qilgan edi. Tan olish kerak, oldingi interatsiyasidan funksional jihatidan katta farq qilmaydigan 14 modellarining aynan rangi smartfonlarning yaxshi kutib olinishida ahamiyatga ega boʻldi.

9T5MAC nashrining maʼlum qilishicha, nomaʼlum manba orqali yangi iPhone 15 va 15 Pro modellari render rasmi tarqalgan. Yangi modellar toʻq qizil rangda boʻladi (#410D0D — “toʻq siyena” tusli rang).

iPhone 15 standart modellari esa, toʻq pushti va musaffo osmon rangida boʻladi. #CE3C6C raqamli pushti rang toʻqroq tusga ega boʻlib, “telemagenta”, deb nomlangan. Musaffo osmon rangidagi koʻk tus esa #4DB1E2 kod bilan koʻk “pikton”, deb nomlangan.

Mazkur ranglar palitrasi anʼanaviy qora, oq va qizil ranglari bilan taqdim qilinadi. Eʼtiborli jihati, 15 ning toʻq qizil rang tusi shu paytgacha hech qaysi Apple soatlari yoki smartfonlarida uchramagan, deyilmoqda.

Odatda model rasman taqdim qilinishigacha uning bir necha marta oʻzgartirilishini hisobga olsak, mazkur taqdim qilingan ranglar oxirgi variant boʻlmasligi mumkin.

Kompaniya mart oyida iPhone 15-ʼni ishlab chiqarishning EVT bosqichini (muhandislik testlarini) boshlaydi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Excel'da ishingizni osonlashtiradigan 5 funksiya
Excel’da ishni tezlashtiradigan 5 funksiyani o‘rganing. UNIQUE, TEXTSPLIT, CHOOSECOLS, SUBSTITUTE va XMATCH yordamida ma'lumotlarni tahlil qilish va avtomatlashtirishni osonlashtiring.
Lifehacker
20 oktabr, 11:50
Windows uchun ChatGPT dasturining desktop versiyasini chiqdi
ChatGPTni endi Windows uchun alohida ilova sifatida yuklab olish mumkin. Lekin hamma uchun emas
AI
19 oktabr, 22:49
Galaxy S24 FE yoki Galaxy S24: Qaysi biri yaxshiroq?
Ushbu Flagmanlar uchun ko'p pul sarflashga arziydimi?
Smartfon
19 oktabr, 11:53
Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11