Ikkinchi qoʻl smartfonlarining afzalligi va nega ularga talab kuchaymoqda?

2022-yilda ishlatilgan smartfonlarning savdosi 11,5 %ga (283 million donaga) oshgan.

Bu, ehtimol, qurilmalar narxining oshishi va yangi xususiyatlarning "zerikarli"ligi bilan bog‘liq. Bundan eng ko‘p aziyat chekkan kompaniya Apple bo‘ldi va hatto iPhone 13 ni ishlab chiqarishni to‘xtatdi.

Inflyatsiya va smartfonlarning deyarli yangi bo‘lmagan “yangi” xususiyatlari odamlarni yangi qurilmalardan kamida 300 dollar arzonroq ikkinchi qo‘l qurilmalarni sotib olishga majbur qiladi.

Maʼlumotlar qaraganda, oʻtgan yili AQShda 283 million dona foydalanilgan telefon sotilgan, bu 2021-yilga nisbatan 11,5 foizga koʻpdir va 2026-yilda bozor qiymati 99 milliard dollarga baxolanmoqda.

Yangi smartfonlar sotuvi 2020-yilda, koronavirus pandemiyasi boshlangan bir paytda pasayib ketdi, biroq doimiy ravishda oshib borayotgan narxlar mijozlarni to‘xtatib qo‘ydi – iPhone 2 yil avvalgiga qaraganda bugungi kunda kamida 100 dollarga qimmat turadi.

CCS Insight ma'lumotlariga ko'ra, Apple ushbu "aylanma" iqtisodiyotning 80 % ortig'ini tashkil qiladi.

Xalqaro ma'lumotlar korporasiyasi (IDC) ikkinchi qo‘l smartfonlar “boom”ini qisman Apple va boshqa yirik smartfon kompaniyalari taklif qiladigan savdo dasturlari bilan bog‘liqligini da'vo qilmoqda.

Smartfonlar sotuvi ikki yil oldin, elektronika ishlab chiqaruvchilari pandemiya cheklovlari tufayli yopilishga majbur bo‘lganida pasayishni boshlagan edi.

iPhone’larning yagona manbai bo'lgan Xitoy butun dunyodan oldin cheklovlarni boshladi va ularni uzoqroq ushlab turdi, bu esa Apple ishlab chiqarishni sekinlashtirdi.

Biroq, ko‘plab foydalanuvchilar har bir yangi iPhone avvalgisi bilan bir xil bo‘lishini sezishdi.

Va ko‘p pul sarflash o‘rniga, ular o'zlarining hozirgi modeliga yopishib olishadi yoki yangilash uchun ishlatilganini sotib olishadi.

2018-yilda chiqarilgan iPhone 8 narxi 599 dollar, biroq 2022-yil sentyabrida sotuvga chiqarilgan so‘nggi qurilma 799 dollarga sotilmoqda – bu faqat “hamyonbop model” uchun.

Smartfonlar, umuman olganda, o‘zining yorqinligini yo‘qotganga o‘xshaydi.

Iste'molchilar o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida cho‘ntaklarida bu kichkina kompyuterlarga ega va har yili qurilmalar avvalgisidan ko‘ra inqilobiy ko‘rinmaydi. Redditorlardan biri: “Taxminan 6-7 yil oldin, bizda iPhone 4S bo‘lgan vaqtni eslayman. iPhone 5 yangi 4 dyuymli ekrani bilan, keyingi yili esa 5S yangi Touch ID sensori bilan o‘ziga tortib turdi. Keyin biz 6-ni oldik, aslida yaxshilanishi kerak bo‘lgan 4,7' va 5,5' ekran o‘lchamlari. Uch yil oldin biz X-ni oldik (6S, 7 va 8-ning barchasi men uchun 6-ning biroz yangilangan versiyalari, hech qanday bir ajoyib o‘zgarish yo‘q). X-dan beri yangi iPhone-ning hech biri (XS, Xr, 11, 11 Pro...) meni hayratda qoldirmadi”.

Dunyo bo'ylab narxlar oshishi, ko'p davlatlarda daromadlar sarf-harajatga nisbatan sust o'sayotgan bir paytda, odamlar iloji boricha hamyonbop smartfonlar xarid qilishyapti. Shunday bir vaziyatda, Apple flagmanlariga yangi funskiyadan ham ko'proq narx qo'shmoqda. Ishlatilgan qurilmalar sotib olinishining yana bir sababi — yangi va qimmatbaho smartfonlar tobora zerikarli tus olmoqda.

Ikkinchi qo‘l smartfonlarini sotib olish afzalliklari:

  • Pulingizni yaxshigina tejaysiz. Ishlatilgan telefonning narxi ko‘pincha do‘kon qiymatining 70% yoki hatto 50% ni tashkil qiladi. 
  • Juda foydali taklifga duch kelishingiz mumkin. Ba'zida mutlaqo yangi telefonni yarim narxiga sotib olishingiz mumkin
  • Takliflarning xilma-xilligi — bu sizga tanlash imkonini yaratib beradi.

Ishlatilgan smartfonni sotib olayotganda asosiy narsani esda tuting: siz hech qanday sotuvchiga to‘liq ishonolmaysiz va agar biror bir shubha tug‘ilsa, xavfli bitimdan voz kechganingiz ma'qul. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, sotilgan qurilmalarning qariyb yarmi nuqsonli, ba'zi ishlatilgan smartfonlarda yaqin kelajakda almashtirilishi kerak bo‘lgan qismlar va batareyalar eskirgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi uzoq kutilgan Redmi K80 Pro flagmanini taqdim etdi
Narxi: $511 dan boshlanadi, asosan o'yin ishqibozlariga mo'ljallangan.
Smartfon
29 noyabr, 08:56
Anthropic tomonidan ishlab chiqilgan Claude AI assistenti! AI yordamchilar uchun 'hamma narsaga ulanish' davri boshlandi.
Ushbu maqola Anthropic tomonidan taqdim etilgan Model Context Protocol haqida bo‘lib, texnik bilimga ega bo‘lmagan odamlar uchun ham oddiy va tushunarli tarzda izohlangan.
AI
26 noyabr, 22:36
BYD kompaniyasi O‘zbekistonga 7 yangi avtomobil taqdim etdi. Sotuvlar 2025-yilda boshlanadi
BYD O'zbekistonga 7 ta yangi elektr va gibrid avtomobilni olib keladi — narxlari 175 milliondan 2 milliard so'mgacha
Avto
26 noyabr, 10:41
Xiaomi $100 narxdagi 4 nm protsessorli superarzon smartfon chiqardi
Xiaomi yangi Redmi A4 5G smartfonini taqdim etdi. Bu dunyodagi ilk Qualcomm Snapdragon 4s Gen 2 protsessoriga ega smartfon.
Smartfon
25 noyabr, 09:06