“Ayfonimni androidga almashtiraman” — 2023-yilda sotib olish uchun hamyonbop Xiaomi telefonlari

Mazkur maqolamiz so‘nggi yer qimirlashidan keyin “ayfonini” Androidda almashtirishga qaror qilgan yurtdoshlarimiz uchun maxsus taqdim etiladi.

Kuni kecha sodir bo‘lgan yer qimirlashidan so‘ng tarmoqlarda foydalanuvchilar tomonidan iPhone telefonini istalgan Androidda almashtiraman” mazmunida postlar joylana boshlandi. Albatta, biz sizni “1 000-1 5000 dollarga olgan ayfoningizni Redmi/Xiaomi’ga almashishga” chaqirmaymiz.

“Ayfon sotaman. Arzonga”/Twitter
“Ayfon sotaman. Arzonga”/Twitter

Biroq agar qaroringiz jiddiy bo‘lsa, quyida sotib olish uchun ham narx, ham sifat jihatidan maqbul variantlar beramiz.

Xiaomi 13 smartfonlari har tomonlama qulay funksiyalarga ega: yengil korpus va yaxshi ishlash tezligi, kam quvvat sarfi hamda yangilangan dasturiy ta’minot + sifatli kamera.

Xiaomi 13 — Android operatsion tizimidagi tez ishlash, sifatli tasvir va videoga olish uchun yaxshi tanlov hisoblanadi. Xiaomi 13 ekrani nisbatan kichik bo‘lsa-da, ishlashi jihatidan anchayin kuchli. 

Qo‘shimcha afzalliklari:

  • Chidamli batareya (67 Vt) va tez quvvat olishi (0%dan 100%gacha 24 minutdan to‘ladi).
  • Chang va suvdan himoyalangan (IP68).
  • Yuqori sifatli displey va o'ylangan dizayn;
  • Yangi chipset va ishlash sifati.

Narxi 

Xiaomi 13 Lite narxi 8+128 Gb (black, blue, pink):

  • Elmakon — 5 099 000 so‘m.
  • Credit Asia — 5 980 000 so‘m. 

Xiaomi 13 12/256GB (qora)

  • Idea.uz — 16 992 000 so‘m.

Xiaomi 13 Pro 12/512GB (oq)

  • Idea.uz — 23 496 000 so‘m.

Oldinroq Xiaomi HIMO C26 elektrovelosipedining xususiyatlari va O‘zbekistondagi narxlari haqida ma’lumot bergan edik.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47