Android 14da ilovalardan kelgan xabarlarni berkitish funksiyasi paydo bo‘ldi

Maʼlum boʻlishicha, yangi chiqqan Android 14 operatsion tizimi maʼlum ilovalarning toʻliq ekranli ogohlantirishlarini koʻrsatishini oldini olishga imkon beradi.

Google Android 14 ning beta-versiyasini foydalanish uchun taqdim etdi va unga bir qancha foydali funksiyalar qoʻshilgan. Shulardan biri, ilovalarning bildirishnomalarni toʻliq ekranda koʻrsatishini oldini olish mumkin boʻladi.

Misol uchun, baʼzi messenjerlarga (yoki barchasiga) kiruvchi qoʻngʻiroq paytida interfeysni toʻliq ekranda koʻrsatishni oʻchirib qoʻyish mumkin. Bunda bildirishnoma odatiy tarzda keladi va toʻliq ekran tartibida ochilmaydi.

Xuddi shunday tarzda budilnikni ham sozlash mumkin. Umuman olganda, yangi funksiya baʼzi hollarda anchayin foydali boʻladi. Android 14 beta-versiyasi hozircha faqatgina Pixel smartfonlarida mavjud.

Avvalroq 2023-yilda rekord darajada arzonlashgan 5 ta eng yaxshi Android smartfoni ma’lum qilingan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47