3 mln soʻmgacha boʻlgan smartfonlar

Ushbu maqolada hamyonbop narxiga qaramay maksimal darajada funksiyalar bilan toʻldirilgan yuqori sifatli smartfonlar bilan tanishamiz (3 mln soʻmgacha boʻlgan smartfonlar olindi).

Narx-sifat nisbati a'lo darajadagi va shu bilan birga munosib funksional'ga ega qurilmalar:

Redmi Note 10 Pro

Narxi: 2 823 000 soʻmdan boshlanadi

Bu modelni sotib olgan foydalanuvchi quyidagilarga ega boʻladi:

  • 1080x2400 pikselli yuqori sifatli 120 Gts Super Amoled 6,67 dyuymli displey;
  • kuchli Snapdragon 732G (hozirgi kunda eng optimal tanlov);
  • 5020 mA/soat sigʻimli akkumulyator;
  • flagman darajasidagi ajoyib suratlarni olishga qodir avtofokusli 5 megapikselli makro modul (Omnivision OV5675 sensori);
  • NFC kontaktsiz toʻlov va yuqori sifatli stereo dinamiklar.

Realme 9i

Narxi: 2 658 000 soʻmdan boshlanadi

  • 1,79 diafragmali 108 MP kamerali (Samsung HM6 sensori) byudjetli smartfon.
  • Displey: 6,4 dyuymli 90 Gts Super Amoled, 1080 x 2400.
  • Asosiy protsessor sifatida Snapdragon 680 oʻrnatilgan.
  • Modeldagi akkumulyator sig‘imi 5000 mA/soat.
  • NFC o'rnatilgan.
NFC "Yaqin atrofdagi aloqa" degan ma'noni anglatadi. NFC texnologiyasi har qanday turdagi ma'lumotlarni uzatish uchun yaqin masofada joylashgan ikki yoki undan ortiq qurilmani masofadan turib ulash uchun moʻljallangan edi. Aloqa ushbu chiplarning antennalari tomonidan hosil qilingan magnit maydon orqali amalga oshiriladi.

Infinix 11 pro

Narxi: 2 223 000 soʻmdan boshlanadi

Yana bir ajoyib variant, raqobatdoshlari kabi mashhur boʻlmasa-da, e’tiborga loyiq smartfon.

  • Ekran turi: IPS, diagonali 6.78;
  • Batareya quvvati : 5000 ma / soat;
  • Smartfonning asosiy jihatlaridan biri bu oʻzgacha dizayn va yoqimli narx.

Infinix Note 12 Pro

Narxi: 2 341 000 soʻmdan boshlanadi

Hamyonbop va siz uchun kerakli boʻlgan barcha funksiyalarni oʻz ichiga olgan gadjet.

1080 x 2400 oʻlchamli ajoyib Amoled displey, 108 MP kameralar, 5000 mA/soatli akkumulyator.

Tecno Camon 19

Narxi: 2 580 000 soʻmdan boshlanadi

Tungi foto va videolarni yangi darajaga olib chiqqan smartfon.

Protsessor: MediaTek Helio G85;

Displey: 6,8 dyuym (2460x1080);

Batareya quvvati: 5000 mAh;

Oq rang balansini mukammal saqlaydi va suratingizni yanada jonli va mayin qila oladi. Bundan tashqari, tungi portret rejimida kamera rasmning kerakli qismlarini yoritadi va sizga original tungi videolarni taqdim etadi.

Sizga qiziq boʻlishi mumkin boʻlgan maqolalar:

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Excel'da ishingizni osonlashtiradigan 5 funksiya
Excel’da ishni tezlashtiradigan 5 funksiyani o‘rganing. UNIQUE, TEXTSPLIT, CHOOSECOLS, SUBSTITUTE va XMATCH yordamida ma'lumotlarni tahlil qilish va avtomatlashtirishni osonlashtiring.
Lifehacker
20 oktabr, 11:50
Windows uchun ChatGPT dasturining desktop versiyasini chiqdi
ChatGPTni endi Windows uchun alohida ilova sifatida yuklab olish mumkin. Lekin hamma uchun emas
AI
19 oktabr, 22:49
Galaxy S24 FE yoki Galaxy S24: Qaysi biri yaxshiroq?
Ushbu Flagmanlar uchun ko'p pul sarflashga arziydimi?
Smartfon
19 oktabr, 11:53
Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11