2023-yilning eng yaxshi smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi: iPhone yana birinchi o‘rinda emas

Roʻyxatdan mazkur yili chiqarilgan eng arzon smartfondan tortib eng qimmatlarigacha joy olgan.

Gizchina texno portali saralab olgan 6 qismdan iborat roʻyxatda turli sinf toifalari va afzalliklarga ega qurilmalarni oʻz ichiga oladi.

Birinchi qatorga Apple, Google, Samsung va Xiaomi modellari kirdi — bu smartfon bozoridagi eng asosiy oʻyinchilardir. Ammo ular safida biz Nothing qurilmasini ham koʻrishimiz mumkin.

2023-yilning eng yaxshi smartfoni nomi Samsung Galaxy S23 Ultra flagmaniga nasib etdi. Qurilmaning yagona kamchiligi uning yuqori narxidir. U bozordagi qurilmalar ichida eng yaxshi displeylardan biriga ega, 200+10+10+12 megapikselli toʻrt kamerali kuchli kamera va munosib batareya quvvati bilan takomillashtirilgan. Bundan tashqari, korpusga koʻp funksiyali stilus oʻrnatilgan.

Albatta, eng yaxshi smartfonlar qatoriga iPhone 15 Pro Max ham kiritilgan. Bozordagi eng zoʻr Apple telefoni faqat past zaryad tezligi uchun tanqid qilindi. Bu yilgi Pro Maxʼning oʻziga xos xususiyati — A17 Pro protsessorining mavjudligidir — u bilan smartfon 10 yildan keyin ham eskirmaydi.

Mutaxassislar Google Pixel 8 Proʻni ham alohida taʼkidlab oʻtishdi. Unda bozordagi eng yaxshi displey, optimal suratga olish kamerasi va sunʼiy intellektning koʻplab funksiyalari mavjud. Bundan tashqari, bu bozorda 7 yilda yangilanadigan birinchi Android smartfonidir.

Narx va samaradorlikning eng yaxshi uygʻunligiga ega smartfon nominatsiyasida sifatli ekran, optimal tuzilma va kuchli kameralarni taklif qila oladigan Samsung Galaxy A54 gʻolib boʻldi. Qurilmaning asosiy kamchiligi 25 Vt quvvatga ega sekin zaryadlanishi hisoblanadi.

Redmi Note 12 5G 2023-yilning eng yaxshi byudjetli smartfoni deb topildi. U katta OLED displey, uchta kamera va yuqori unumdorlikka ega. Bundan tashqari, smartfonning asosiy kamchiligi batareyaning ishlash muddati boʻlib, u atigi bir kunni tashkil qiladi. Aytgancha, xuddi shu kabi xususiyatlarga ega yana bir smartfon  — Samsung Galaxy A23 hisoblanadi.

2023-yilning eng yaxshi smartfonlari tanlovini Nothing Phone (2) yakunlaydi. Bu bozordagi eng chiroyli smartfon boʻlib, flagman darajasiga koʻtarilgan va batareyasi ham yangilangan.

Agar siz uchun smartfonning eng ustun jihati — bu uning akkumulyatori ishlash muddati, deb hisoblasangiz, UNIAN nashri bir quvvatlanishda uzoqroq ishlaydigan smartfonlar reytingini taqdim etgan. Ular orasida qimmat flagmanlar ham, 300 dollardan past boʻlgan byudjet telefonlari ham bor.

Mazkur roʻyxatdagi smartfonlarning deyarli barchasi haqidagi batafsil xususiyatlar, ustunlik va kamchilik taraflari haqida esa, saytimizdagi maqolalardan topishingiz mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Hyundai Santa Fe, Tucson, Palisade, Elantra va sonata endi Oʻzbekistonda ishlab chiqiladi
Yil oxirigacha korpuslarni yigʻish va boʻyash jarayonlari ham yoʻlga qoʻyiladi
Avto
25 iyul, 21:16
Telegram 950 million foydalanuvchiga yetdi, tez orada dasturlar doʻkoni ochiladi
Kompaniya joriy yilda 1 milliard foydalanuvchiga yetishni maqsad qilmoqda
Texnologiya
23 iyul, 13:31
Xiaomi Smart Band 9 yangi fitness brasletini taqdim etdi: narxi 50$ dan arzon
Endi bir marta zaryad qilgandan keyin 21 kungacha foydalanish mumkin
Texnologiya
20 iyul, 18:04
Xiaomi 14 Ultra haqida: 2024 yilning eng yaxshi telefonlari orasida
Xiaomi 14 Ultra — bu kompaniyaning bugungi kunda taklif etayotgan eng zamonaviy smartfonidir.
Smartfon
20 iyul, 12:55