Apple 2023-yil birinchi choragidagi sof daromadlarini maʼlum qildi
Unga koʻra Apple daromadi 3 foizga kamayib, 94,8 milliard dollarni tashkil etdi. Sof foydasi 25 milliard dollarga yetgan.
Kompaniya oʻzining ikkinchi moliyaviy choragi boʻyicha raqamlarni oshkor qildi. Xususan:
- iPhone: 51,33 milliard dollar
- Mac: 7,17 milliard dollar
- iPad: 6,67 milliard dollar
- aksessuarlar, Smart Home gadjetlari: 8,76 milliard dollar
- Xizmatlar: $20,91 mlrd
Daromadning pasayishiga qaramay, Apple ikkita rekord oʻrnatishga muvaffaq boʻldi: iPhone sotuvi birinchi marta Appleʼga 51,3 milliard dollar foyda keltirdi.
Shuningdek, kompaniya ilk bora xizmatlardan 20,91 milliard dollar daromad oldi. Apple xizmatlariga obuna boʻlganlarning umumiy soni 1 milliard foydalanuvchiga yaqinlashdi.
Sariq iPhone 14 sotuvining boshlanishi iPhone 14 liniyasi chiqarilganidan yarim yil oʻtib iPhone daromadini yangi darajaga koʻtarish imkonini berdi.
- O‘zbekistonda sariq iPhone 14 narxlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin:https://giglink.uz/p/4250740
Mac daromadlari sezilarli pasaymoqda, bu Apple uchun yangiroq Mac ishlab chiqish kerakligi haqida signal boʻladi. iPadʼda ham xuddi shunday pasayish kuzatilgan.
Avvalroq Giglink.uz 2023-yilda yangi MacBook va iPads chiqarilmasligi ehtimoli borligini ma’lum qilgandi.
Dunyodagi turli iqtisodiy-siyosiy muammolarga qaramay, Apple har bir aksiyasi dividentlarini 0,24 dollargacha oshirishga muvaffaq boʻldi.