Apple kompaniyasining afsonaviy dizayneri Joni Ive Stiv Djobs bilan ishlaganini eslaydi: uning hayotidagi eng baxtli 15 yil

Ser Joni Ive Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri bo‘lib, U kompaniyaga 25 yoshida kelgan. Macbook, iPhone, iPad, Apple Watch, AirPods kabi qurilmalar dizaynida ishlagan.

Apple kompaniyasining dizayn bo‘yicha sobiq direktori bo‘lgan Jony Ive, Apple kabi yirik texnologiya kompaniyasida ko‘p yillar ishlagan. Biroq, u o‘zining ish faoliyatidagi eng yaxshi kunlarini Apple kompaniyasining marhum asoschisi Stiv Jobs rahbarligi ostida o‘tkazgan deb hisoblaydi.

Yaqinda “Hayotimning Yetti Qo‘shig‘i” nomli podkastda intervyu berar ekan, Ive o‘zining shaxsiy rivojlanish yo‘li qanday qilib uning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirganini tushuntiradi. Ushbu tajriba Ivega Apple kompaniyasiga qo‘shilish va uning mashhur mahsulotlari bo‘lmish iPhone, iPad, AirPods va MacBook’ning dizayn va sifatini ishlab chiqish imkonini bergan.

Jony Ive Apple kompaniyasiga 1992-yilda qo‘shilgan bo‘lsa-da, bu vaqt ichida Stiv Jobs kompaniyani tark etgan edi. Besh yil o‘tgach, Jobs kompaniyaga qaytganida, Ive va Jobs o‘rtasida kuchli ijodiy aloqa paydo bo‘lgan. Ive so‘zlariga ko‘ra, Jobs qaytishidan oldingi yillar unga ko‘p narsa o‘rgatgan, ammo o‘sha paytda u o‘zining nima o‘rganayotganini to‘liq anglamagan va bu jarayon unga og‘ir kechgan. 

Jony Ivening gapllariga ko‘ra, Apple'da o‘tkazgan qiyin yillari uning taniqli dizayner bo‘lish yo‘lida zarur bo‘lgan. Ushbu yillarni Ive va Jobs o‘rtasidagi noyob hamkorlik sifatida tasvirlaydi, go‘yo ular orasida g‘ayrioddiy kelishuv mavjud bo‘lgandek.

Ive 1997 yildan 2011 yilgacha Jobs rahbarligi ostida Apple kompaniyasida ishlagan vaqtini o‘z hayotining eng baxtli va ajoyib 15 yili sifatida eslaydi. Bu davr, Jobs'siz o‘tgan dastlabki bir necha yillaridan ancha farq qiladi. Jobs rahbarligida Ive o‘zining bilim olish jarayonini yanada aniq va maqsadli qilib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga chuqur e'tibor qaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Jony Ive, Stiv Jobs haqida gapirar ekan, Jobsning murakkab g‘oyalar, tushunchalar va imkoniyatlarni qanday qilib oson va aniq tarzda ifoda etish qobiliyatiga hayratlanishini ta’kidlaydi. Ive bu xususiyatni Jobsning noyob qobiliyatlardan biri sifatida eslaydi.

2011-yilda Stiv Jobs Apple kompaniyasining bosh direktori lavozimidan iste'foga chiqqan va o‘sha yilning o‘zida vafot etgan. Ive bu voqeani “katta yo‘qotish” deb ataydi, chunki Jobsning o‘limi nafaqat Apple uchun, balki uning shaxsiy hayoti uchun ham katta yo‘qotish bo‘lgan.

Ive 2019-yilda Apple’dan ketgan va o‘zining dizayn kompaniyasini tashkil qilgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10