Googleʼning barcha bilishi kerak boʻlgan 13 ta eng yashirin “fishkasi”

Mazkur yashirin funksiyalar Googleʼdan har kuni foydalanganimizda koʻplab ishlarimizni osonlashtiradi. Google Search — biz bilganimizdan ham ko‘proq maʼlumot va imkoniyatlar manbaidir. Tarjima qilish, valyuta yoki oʻlchov birliklarini konvertatsiya qilish, wikipedia maʼlumotlarini izlash — bular shunchaki daryodan tomchi.

Mazkur maqolada mazkur ulkan qidiruv tizimining juda koʻpchilik bilmaydigan, biroq hamma bilishi foydali boʻlgan “fishkalarni” taqdim etamiz. 

Taymer

Googleʼda toʻgʻridan-toʻgʻri taymer oʻrnatish mumkinligi haqida bilar edingizmi? Eng qizigʻi, oʻzimiz ham mazkur funksiyani yaqinda “bilib qoldik”: qidiruv qatoriga “taymer” deb yozasiz va siz uchun tayyor taymer chiqib keladi. Sekundomerdan foydalanish ham xuddi shunday amalga oshiriladi. 

Yana bir funksiya — bu joʻnatma/pochtani kuzatish imkoniyatidir. Bunda Google qidiruvda “FedEx tracking” deb yozib izlashni bosasiz, soʻng ochiladigan oynada sizdan telefon raqamingiz soʻraladi va uni kiritasiz. Biroq mazkur funksiyada UPS, DHL va USPS kabi xalqaro yetkazib berish kompaniyalarga tegishli yuklar koʻrsatiladi xolos.

Agar sizning yukingiz dunyodagi yirik yetkazib beruvchi kompaniyaga tegishli boʻlsa, uni kuzatishni imkoni boʻladi — bunda Google tegishli kompaniya saytidan maʼlumotlarni topib beradi. 

Konvertatsiya

Oʻlchov birliklari va valyutani boshqa birlik yoki valyutaga oʻgirish uchun Googleʼdan foydalanmagan kishi boʻlmasa kerak. Hatto davlat Markaziy banki saytiga kirmasdan, Google birinchi chiqarib bergan maʼlumotga qarab valyutalarni hisoblaydiganlar ham topiladi. 

Bundan tashqari santimetrni metrga, millimetrga, kilometrga yoki aksincha oʻgirish, kg, g, ml, l va hokazo kabilarda ham eng tezkori hamda qulayi, shubhasiz, Googleʼdir. 

Tarjimon

Albatta, Google deganda barchamizning koʻz oʻngimizga birinchi boʻlib, “gugl perevodchik” keladi. Undan shunchalik “koʻp va xoʻp” foydalanamizki, hatto tarjimondan https://translate.google.co.uz... saytiga ham kirmasdan, Google qidiruv natijasida chiqarib beriladigan kichik tarjima “oynasida” amalga oshirishimizga eʼtibor ham qilmay qoʻyganmiz. 

Yaqinda esa, Google mazkur tarjimoniga rasmdagi matnni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish funksiyasini qo‘shdi — endi rasm ichidagi matnni tarjima qilmoqchi bo‘lsangiz, tarjima natijasini oldingidek alohida matn ko‘rinishida emas, balki o‘sha rasmni o‘ziga joylagan holda taqdim etadi. 

Google Lens qidiruvi

Google Lens — sunʼiy idrok asosida ishlab chiqilgan Google loyihasi boʻlib, rasmlar asosida oʻxshash buyumlar/kishilar/joylar/tasvirlarni topib beradi (Android operatsion tizimlarida esa shundoq ekranni sal koʻproq bosib turganingizda ham ishlab ketadi, misol uchun instagramga storiz qoʻyish jarayonida qoʻyilayotgan rasm ustiga 2-3 soniya bosib tursangiz, shu zahotiyoq Google Lens ishlab ketadi). 

Albatta, sizda Google nega Lensʼni asosiy qidiruv tizimidan alohida qilgan, mazmunida savol paydo boʻlishi mumkin. Lens Google Chrome brauzeri bilan yaxshi integratsiyalashgan va asosan vizual qidiruvga asoslangan. Oldinroq Google Lens orqali rasmdagi liboslarni izlash haqida maʼlumot bergan edik.

Google Canary

Google Lens’ga oʻxshab ketadigan yana bir xizmat — Google Canary esa veb sahifa boʻylab qidiruvlar uchun moʻljallangan. 

Google Canary — Chrome brauzerining yanada mukammallashgan koʻrinishi, degan boʻlar edik, biroq tizim hozirda kompaniya uchun oʻziga xos “sinov maydonchasi” boʻlib turibdi — izlagan maʼlumotlaringizda baʼzi bir xatoliklar uchrashiga tayyor boʻlsangiz, u holda Google Canaryʼni sinab koʻring.

“Olma izladimmi, faqat olma chiqsin”, deydiganlar uchun: tezkor qidiruv

Bu funksiyadan asosan vaqtiga “qizgʻanchiq” boʻlgan dasturchilar foydalanishadi — maʼlumot izlaganimizda, izlangan soʻrovga aloqador boʻlmasa ham tizim oʻxshash, deb qabul qilgan manbalar va reklamalar ham chiqarib beradi. Shunday boʻlmasin, desangiz, u holda soʻrov matnini “/“ belgisi ichiga oling, misol uchun /olma/ — shunda faqat olmaga doir maʼlumot chiqib keladi. 

Multiqidiruv

Mazkur yilda iOS va Android tizimlarida Google ilovasiga bir vaqtning oʻzida bir nechtagacha qidiruv natijalarini olish imkonini beruvchi funksiya qoʻshildi. Bu degani — siz birvarakayiga rasm va matn qidiruvlarini amalga oshirishingiz mumkin demakdir.

<div>Google ekotizimining ba’zilari</div>
Google ekotizimining ba’zilari

Saytdan qidirish

Buning nimasi yashirin “fishka”, deb hayron boʻlishga shoshilmang — hozir aytadigan maʼlumotimizni oʻzimiz ham yaqinda bildik. Shunday qilib, agar siz “sayt:“ deb yozsangiz va undan keyin tomsguide.com kabi veb-sayt URL manzilini qoʻshsangiz, faqatgina saytga tegishli boʻlgan natijalarni olishingiz mumkin.

Yuqorida koʻrib turganingizdek, agar siz “site:tomsguide.com iOS 16” deb yozsangiz, Google qidiruvi sizga iOS 16 haqidagi barcha ajoyib maʼlumotlarni beradi va boshqa saytlardagi maʼlumotlarni aralashtirmaydi.

Kalkulyator. Choychaqalarni hisoblovchi kalkulyator

Kalkulyator kerakmi? Bunda sizga Google qidiruv tizimi yordam beradi. Shunchaki matematik masalani kiriting va Google nafaqat javobni, balki brauzerda toʻliq funksiyalarga ega kalkulyatorni ham taqdim etadi.

Keyingi kalkulyator turi esa, biror-bir tamaddixona xizmatidan qoniqqan paytingizda qoʻshimcha choychaqani hisoblashga yordam beradi. Buning ustiga, juda oddiygina.

+

Agar siz qidiruvga “qiziqarli fakt” deb yozsangiz, Google sizga mutlaqo tasodifiy qiziqarli faktlarni generatsiya qilib beradi. Viktorinalarga tayyorlanyapsizmi yoki shunchaki zerikasizmi, bu xususiyat sizga yoqishi aniq.

Pac-Man, mushuklar va itlar.. 

Albatta, barchamiz ham yuqorida sanab oʻtilgan Google funksiyalaridan doimiy ravishda foydalanishga ehtiyoj sezmasligimiz mumkin. Shu sababli, maqola soʻnggida sizga 1-2 ta koʻngilochar “fishkalarni” keltirib oʻtmoqchimiz.

Pac-Man o‘yini
Pac-Man o‘yini

Agar siz Google qidiruviga “Pac-Man” soʻzini yozib toʻgʻridan-toʻgʻri mazkur oʻyinni bepul oʻynashingiz mumkin.

Shuningdek, qidiruvga cat yoki dog soʻzini kiritish orqali saytning yoqimli funksiyasiga duch kelasiz: sayt oʻng tarafida mushukcha yoki kuchukcha tasvirini ustiga bosganingizda mazkur jonivorlarning yoqimli ovozi chiqadi, so‘ng sichqoncha yordamida ekranga bosganingizda ularning panjalari kursor ortidan “yurib boshlaydi” — ajoyib-a?

Google qidiruv tizimining ushbu yashirin funksiyalariga oid maqolamiz sizga manzur kelgan boʻlsa, bizni kuzatishda davom eting. Maqolani esa doʻstlaringizga ham ulashishni unutmang.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11
Samsung Galaxy S24 Ultra — Yarmi yillik tajribadan so‘ng: Bu sotib olishga arziydimi?
Samsung Galaxy S24 Ultra arzon emas — narxi 12 260 000 ming so‘mdan boshlanadi. Biroq, 2024 yilning kuzida bu sarmoya qanchalik o‘zini oqlaydi?
Smartfon
13 oktabr, 11:45
Microsoft Android-smartfonlar uchun ilovalar doʻkonini ishga tushiradi
Microsoft, AQSh sudining qarori tufayli Google’ni Android tizimini uchinchi tomon ilovalar doʻkonlari foydalanishi uchun ochiqroq qilishga majbur qilish imkoniyatidan foydalanmoqda.
Texnologiya
13 oktabr, 09:47
Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18