Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.

Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.

U Xiaomi 14 Pro va Xiaomi 14T/14T Pro modellari bilan deyarli bir xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Xiaomi kompaniyasi, ehtimol, Apple va Samsung kabi dizaynni o‘zgartirmaslikni samarali strategiya deb hisoblaydi.

 Xiaomi 15 Pro renderlari ko‘rsatganidek, yangi dizayn kutilmayapti.

Xiaomi 15 Pro 6,78 dyuymli 2K+ OLED ekran bilan ta’minlanadi, u 120 Gts yangilanish chastotasiga ega bo‘ladi. Qurilma Snapdragon 8 Gen 4 chipi va 16 GBgacha operativ xotiraga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Asosiy kamera Light Fusion 900 sensori asosida ishlaydi, 50 MP aniqlikka ega bo‘ladi. Bundan tashqari, 50 MP ultra keng burchakli kamera va 50 MP aniqlikdagi Sony IMX858 sensorli "teleob'ektiv" kamerasi ham mavjud. Qurilma 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi va 90 vattli tez zaryadlash funksiyasiga ega bo‘ladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11
Samsung Galaxy S24 Ultra — Yarmi yillik tajribadan so‘ng: Bu sotib olishga arziydimi?
Samsung Galaxy S24 Ultra arzon emas — narxi 12 260 000 ming so‘mdan boshlanadi. Biroq, 2024 yilning kuzida bu sarmoya qanchalik o‘zini oqlaydi?
Smartfon
13 oktabr, 11:45
Microsoft Android-smartfonlar uchun ilovalar doʻkonini ishga tushiradi
Microsoft, AQSh sudining qarori tufayli Google’ni Android tizimini uchinchi tomon ilovalar doʻkonlari foydalanishi uchun ochiqroq qilishga majbur qilish imkoniyatidan foydalanmoqda.
Texnologiya
13 oktabr, 09:47
Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18