NASA Saturnning yoʻldoshlarini oʻrganish uchun ulkan robot ilondan foydalanadi

Ilon-robot, Extant Life Surveyor (EELS) deb atalib, sunʼiy yoʻldoshning muzli qobigʻi ostida suyuq okean borligini aniqlash uchun astronomlarga yordam berishi koʻzlangan.

2023-yilda NASAning koʻpchilik qiziqib kutayotgan missiyalardan biri  — bu Saturnning yoʻldoshlarida hayot belgilarini izlovchi robot-ilon boʻladi.

Ulkan robotlashtirilgan ilon NASAning JPL Robotics Lab tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, bir nechta oʻxshash qismlardan tashkil topgan oʻziyurar robotdir. Ushbu qismlar turli xil elektronika bilan jihozlangan va uzluksiz oʻzaro harakatini taʼminlaydigan motor hamda yurgizuvchi mexanizmlarga ega.

NASA/JPL-CalTech
NASA/JPL-CalTech

Ushbu harakatga keltiruvchi tizim robotga Enselada (Saturn yoʻldoshi) yuzasi boʻylab ichki va yopiq yerlarni oʻrganish uchun moʻljallangan. Uning dizayni nafaqat muzli qobiqning yuqori qismida sudralishga, balki yer qobigʻi ostida yotgan yashirin okeanni qidirish uchun chuqurroq qazishga ham imkon beradi.

Rejaga koʻra, ilon Enseladus yuzasi boʻylab harakatlanib keyin ochiq teshik orqali yer tagiga kirishi va quyida joylashgan okeanga oʻtishi kerak. Tadqiqot muhandislari allaqachon harakatlanuvchi bir nechta qismlardan birlashtirilgan ilon prototipini ishlab chiqqan.

Bundan tashqari, EELS boshqa sayyoralarda, masalan, Marsda ham, yer osti va ustida tadqiq qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bu Mars qumtepalari ostida suvni topish, shu bilan tiriklik alomatlarini aniqlashni ancha osonlashtiradi.

Avvalroq NASAning Artemida missiyasi doirasida Oyda muz topish uchun Nokia 4G internetini ishga tushirmoqchi edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11
Samsung Galaxy S24 Ultra — Yarmi yillik tajribadan so‘ng: Bu sotib olishga arziydimi?
Samsung Galaxy S24 Ultra arzon emas — narxi 12 260 000 ming so‘mdan boshlanadi. Biroq, 2024 yilning kuzida bu sarmoya qanchalik o‘zini oqlaydi?
Smartfon
13 oktabr, 11:45
Microsoft Android-smartfonlar uchun ilovalar doʻkonini ishga tushiradi
Microsoft, AQSh sudining qarori tufayli Google’ni Android tizimini uchinchi tomon ilovalar doʻkonlari foydalanishi uchun ochiqroq qilishga majbur qilish imkoniyatidan foydalanmoqda.
Texnologiya
13 oktabr, 09:47
Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18