Eng yaxshi kameraga ega smartfonlar reytingi: Oppo Find X6 Pro birinchi oʻrinda

DxOMark jamoasi Oppo Find X6 Pro smartfonining kamerasini sinovdan oʻtkazib qurilmaning imkoniyatlaridan shunchalik hayratda qoldiki, natijada flagmanga reytingning birinchi oʻrnini berishdi.

Oppo Find X6 Pro 50 megapikselli asosiy modul, 50 megapikselli ultra keng burchakli modul va 50 megapikselli teleobyektiv kameradan iborat tasvirga olish tizimi bilan jihozlangan.

DxOMark jamoasi Oppo Find X6 Pro kamerasi umumiy 153 ball olib eng yaxshi kameraga ega deb hisoblangan telefonlarning reytingida birinchi oʻrinni egalladi. Reytingning avvalgi yetakchisi – Honor Magic5 Pro 152 ballga ega boʻlgandi.

Mutaxassislar Oppo Find X6 Pro kamerasining afzalliklari orasida hatto past yorugʻlikda ham ajoyib detallarni, fotosuratlar va videolarda ishonchli hamda tez avtofokusni, chiroyli boke effektini, shuningdek videoga olish texnikasini ijobiy baholagan. 

Oppo Find X6 Pro
Oppo Find X6 Pro
Apple iPhone 14 Pro
Apple iPhone 14 Pro
Huawei Mate 50 Pro
Huawei Mate 50 Pro
Kamchiliklardan: kontr yorugʻlikka ega portret fotosuratlarida kontrastning yoʻqligi, fotosuratlar va videolarda ekspozitsiyaning beqarorligi hamda baʼzi sharoitlarda teri ranglarini notabiiy qilib koʻrsatishi qayd etilgan.

Oppo smartfonlari kamerasining mutaxassislar e’tiboriga tushgani birinchi marta emas. Oldinroq taqdim etganimiz kameralar “jangida” Oppo Find X6 Pro va iPhone 14 Pro Max tasvirga olish imkoniyatlari solishtirilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26