NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi

NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.

NASA 30-yanvar kuni e’lon qildiki, ular SpaceX (Elon Muskning kosmik kompaniyasi) bilan birgalikda Boeingning “Starliner” kosmik kemasi texnik nosozliklari tufayli Xalqaro Kosmik Stansiyada qolib ketgan ikki astronavtni xavfsiz qaytarish uchun tezlik bilan ish olib borishni boshladi. 

Astronavtlar Butch Wilmore va Suni Williams o‘tgan yilning 5-iyunida Boeingning “Starliner” kemasida Xalqaro Kosmik Stansiyaga uchib ketishdi. Bu “Starliner”ning birinchi uchuvchi ishtirokidagi sinov missiyasi edi. Dastlab, kema bir hafta davomida stansiyada qolib, 14-iyun kuni Yerga qaytishi rejalashtirilgan edi. Biroq, kemaning dvigateli nosozliklari va geliy sizishi tufayli qaytish sanasi bir necha marta qoldirildi. NASA va Boeing o‘rtasidagi ko‘p marta muzokaralardan so‘ng, “Starliner” kema sentyabr oyida insonsiz holda Yerga qaytishi, astronavtlar esa kosmosda qolishi qaror qilindi.

Qiziqarli fakt: 16-yanvar kuni amerikalik astronavt Suni Williams Kosmik Stansiyaga kelganidan beri birinchi marta ochiq kosmosda erkin harakatlanish vazifasini muvaffaqiyatli bajardi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17