Bill Geytsdan bitiruvchilar uchun 5 muhim maslahat

“2023-yilda bitiruvchilarga bir nechta muhim maslahatlarni bermoqchiman. Bu maslahatlarni eng kerakli paytda menga hech kim bermagan”, dedi Microsoft kompaniyasining sobiq rahbari.

Bill Geyts Shimoliy Arizona universiteti — muhandislik, kompyuter fanlari va amaliy fanlar kolleji va atrof-muhit, oʻrmon xoʻjaligi va hayot fanlari kolleji bitiruvchilari oldida nutq soʻzladi. Milliarder nutqi uning blogiga joylangan.

“Men ikkita bitiruv nutqini aytish baxtiga muyassar boʻldim, biri — men oʻqishni tugatolmagan Garvardda, men oʻqishni tugatmaganman, 2007-yilda va yana biri 2014-yilda Stenfordda”.

“2023-yil bitiruvchilari oddiy oʻquvchilar emas. Ular hali kollejning birinchi yilini tugatmasidan, pandemiya ularning hayotini ham, taʼlimini ham oʻzgartirdi. Bu marra chizigʻini bosib oʻtish uchun ularga matonat, jasorat va topqirlik kerak edi. Shuning uchun men ularni hayotlarining keyingi bosqichini boshlaganlari bilan tabriklashdan va oʻzim oʻquv dargohini tark etganimdan keyingi oʻnlab yillar davomida toʻplagan bilimlarim bilan boʻlishishdan xursandman.

Oʻz hayotiy tajribamdan kelib chiqib sizlarga quyidagi 5 maslahatni aytgan boʻlardim:

Hayotingiz bu — bitta sahnadan iborat teatr emas

Ehtimol, siz ayni paytda toʻgʻri kasbni tanlashni qaror qabul qilishda bosimni his qilyapsiz. Bu qarorlar qatʼiy boʻlib tuyulishi mumkin. Aslida unday emas, ertaga yoki keyingi oʻn yil ichida qiladigan ishingiz butun hayotingiz davomida abadiy boʻlib qolmaydi. 

Bir vaqtlar men umrimning oxirigacha Microsoft'da ishlayman deb oʻylardim.

Bugun garchi dasturiy taʼminot ustida ishlashni yaxshi koʻrsam ham, lekin xayriya asosiy ishim. Men kun boʻyi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashuvchi va butun dunyo boʻylab tengsizlikni kamaytiradigan innovatsiyalar ustida ishlayman, shu jumladan, sogʻliqni saqlash va taʼlimda ham.

Bugun men 22 yoshimda tasavvur qilganimdek faoliyat yuritmayman. Demoqchimanki, kelgusida kasbiy faoliyat borasida fikr oʻzgarib boraveradi.

Bitiruvchilarga bermoqchi boʻlganim ikkinchi maslahat — siz juda aqlli boʻlolmaysiz

Men kollejni bitirganimda bilishim kerak boʻlgan hamma narsani bilaman deb oʻyladim. Ammo yangi narsalarni oʻrganishning birinchi qadami — siz nimanidir bilmasligingizni tan olish va allaqachon bilgan narsangiz haqida oʻylamaslikdir.

Faoliyatingizning qaysidir bosqichida siz oʻzingiz hal qila olmaydigan muammoga duch kelasiz. Bu sodir boʻlganda, vahimaga tushmang. Nafas rostlang va vaziyat haqida yaxshilab oʻylang.

Atrofingizga aqlli odamlarni toʻplang

Bular hamkasb, sinfdosh, turli mutaxassislar yoki doʻstlaringiz boʻlishi mumkin. Ular sizni boshqacha fikrlashingizni oʻzgartiradi.

Deyarli barcha yutuqlarim koʻproq biladigan odamlarni qidirganim tufayli edi. Odamlar sizga yordam berishni xohlashadi. Asosiysi, soʻrashdan qoʻrqmaslik.

Siz maktabni tashlab ketishingiz mumkin. Ammo siz hayotga taʼlim sifatida qarashingiz lozim.

Uchinchi maslahatim — muhim muammoni hal qiladigan ishni tanlang

Har kuni yangi sanoat va kompaniyalar paydo boʻlib, ular sizga pul topish hamda umumiy ishga hissa qoʻshish imkonini beradi. Fan va texnika taraqqiyoti esa bu jarayonni osonlashtirdi.

Baʼzilaringiz dasturchi sifatida ish boshlash arafasidasiz. Odamlar sunʼiy intellekt yordamida foydali ishlar  qilish mumkin.

Muammoni hal qilishga hissa qoʻshsangiz, u sizga kuch bagʻishlaydi, bu sizga oʻz ishingizni boshqalardan koʻra yaxshiroq qilish imkonini beradi. Bu sizni yanada ijodiy va maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishga majbur qiladi.

Toʻrtinchi maslahatim oddiy: doʻstlikni qadrlang

Maktabda oʻqib yurgan kezlarimda ilmiy-fantastik romanlar va kompyuter jurnallariga boʻlgan muhabbat kabi koʻplab qiziqishlarimni oʻrtoqlashadigan bir talaba bilan doʻstlashdim.

Bu doʻstlik qanchalik kuchli boʻlishini bilmasdim. U Pol Allen edi va biz birgalikda Microsoft kompaniyasiga asos solganmiz.

Yodingizda boʻlsin, siz sinfda yonma-yon oʻtirgan odamlar sizning sinfdoshlaringiz emas. Ular sizning kelajakdagi hammuassislaringiz va hamkasblaringizdir. Ajoyib yordam, maʼlumot va maslahat manbai boʻlishadi.

Mening oxirgi maslahatim — bu soʻnggi yillarda tez-tez amal qiladigan maslahatdir. Aslida bunga oʻrganishimga ancha vaqt kerak boʻldi:

Dam olish bu dangasalik degani emas

Sizning yoshingizda paytim bayramlarda koʻp qatnashmasdim. Dam olish kunlariga amal qilmasdim. Atrofimdagilarni ham koʻproq ishlashga majbur qildim. Microsoftʼning dastlabki yillarida ofisim derazalari avtoturargohga qarab turar va men kim erta kelib, kim erta ketganinj kuzatib turardim.

Ammo yoshim ulgʻaygani va ayniqsa, ota boʻlganimda, hayotda ishdan koʻra muhimroq narsalar borligini angladim.

Maslahatim, oʻzaro munosabatlar, muvaffaqiyatlarni nishonlash va dam olish uchun vaqt toping. Kerak boʻlganda tanaffus qiling. Siz bunga loyiqsiz.

2023-yil bitiruvchilari — kelajak sizniki. Men ishonamanki, aynan siz iqlim inqirozini hal qilasiz va boy va kambagʻal oʻrtasidagi tafovutni yoʻqotasiz.

Men butun dunyo boʻylab taraqqiyotni qanday boshqarishingizni koʻrishni intizorlik bilan kutaman”.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04