500 000 dollarga kosmosdagi shohona tushlik

Space Perspective SpaceVip bilan hamkorlikda tashqi orbitada Mishlen yulduzi darajasidagi taomlanishni taqdim qilmoqda.

Taom va uni isteʼmol qilsa boʻladigan manzara mutlaqo unutilmas taassurot qoldirishi aytilmoqda. Ammo narx borasida oʻylab koʻrishga toʻgʻri keladi, chunki chiptalar qimmat va raqamlangan.

Taom kosmik shardagi qimmat restoranda tortiladi. Kosmik shar sakkiz kishini orbitaga olib chiqish uchun moʻljallangan va juda zamonaviy kabinaga ega.

Neptun kosmik kemasi — Space Perspective tomonidan ishlab chiqilgan kosmik shar boʻlib, u atayin turarjoy interyeriga oʻxshash jihozlangan va ichki qismi yoritgichlar bilan bezatilgan.

SpaceVIP maʼlumotlariga koʻra, Mishlen yulduzli daniyalik oshpaz Rasmus Munk hozirda “kosmik” menyu tayyorlamoqda.

Yagona “minus” tarafi — menyu hamyonbop emas. Stratosferada bir martalik tushlik qilish sizga 500 000 dollarga tushadi.

Narx, ehtimol, loyihaning koʻlami va bu xarajatlarni qoplash uchun minglab chiptalarni sota olmasligidan shunday katta belgilangan boʻlishi mumkin. Kosmik shar baxtli sakkiz kishiga Yer atmosferasining kosmik chegaralari bilan tanishish imkoniyati boʻladi.

Kompaniya hozirda Floridadagi Keyp-Kennedi koinot markazi yaqinida yakuniy prototipni ishlab chiqayotganini va havo sharini qurish oson boʻlmaganini xabar bergan.

Space Perspective bosh direktorining soʻzlariga koʻra, muhandislar asl kemani yaratishdan oldin 130 ta prototip yasashlari kerak boʻlgan.

U suvga qoʻnishga moʻljallangan boʻlib, bu qurilma harakati, manevr qilishini osonlashtiradi.

Salonda 360 gradusli derazalar mavjud boʻlib, yoʻlovchilarga tepadan Yerni yoki koinotga qarash imkonini beradi.

Rolls-Royce yoki Bentley avtomobillarinikiga oʻxshaydigan oʻrindiqlar, shuningdek, hammom va Wi-Fi mavjud.

Kosmik shar 19 km/soat (12 milya) tezlikda uchib, asta-sekin orbitaga koʻtariladi va keyin suvga tushadi.

Parvoz taxminan olti soat davom etadi.

Sinovlar 2023-yilda boshlanishi kerak edi, birinchi parvoz 2024-yilga moʻljallangan.

Ammo vaqt ham, narx ham oʻzgardi. Chiptalar dastlab 100-150 ming dollar atrofida boʻlishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Hozirda esa, raqamlar boshqacha, ya’ni oshgan.

“Kosmik poyga” qisman Jeff Bezos va Ilon Mask tufayli qayta boshlandi hamda u davlat va xususiy moliyalashtiriladi.

Xususan, SpaceX kabi xususiy kompaniyalar NASA bilan yana Oyga olib chiqadigan yangi loyihalarni ishlab chiqish ustida ishlamoqda.

Shu bilan birga, yoʻlovchilarga pul toʻlash uchun kosmik sayohat ham haqiqatga aylanmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04