“Uzuklar hukmdori” filmi qaytmoqda

Piter Jekson trilogiyasi chiqqanidan 20 yil oʻtgach va Warner Bros Discovery bosh direktori Devid Zaslav J.R.R. Tolkienning kitoblari asosida “bir nechta” filmlar suratga olish boʻyicha kelishuvga erishilganini eʼlon qildi.

kinoart.ru

Yangi filmlar Warner Bros New Line Cinema kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. Aynan shu kompaniya afsonaviy 2001-2003 yillarda chiqarilgan Piter Jeksonning “Uzuklar hukmdori” trilogiyasini yaratgan va butun dunyo boʻylab ijaraga berishdan qariyb 3 milliard dollar daromad keltirgan. Bundan tashqari, 11 marta Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan.

Embracer komaniyasi esa 2022-yilda Middle-earth korxonasini sotib olgach, “Uzuklar hukmdori” kitoblari, oʻyinlari va shu mavzudagi mahsulotlar, bogʻlar va jonli spektakllarga boʻlgan huquqlarni qoʻlga kiritdi.

“Yaqinda Middle-earth Enterprisesʼni sotib olganimizdan soʻng, biz J. R. R. Tolkienning beqiyos dunyosini yangi va hayajonli tarzda katta ekranga qaytarish uchun New Line Cinema va Warner Bros Pictures bilan yangi sayohatga kirishishdan xursandmiz.“ — dedi Embracer Freemode bosh direktori Li Ginchard.

“Biz ushbu asarlarning qadrini tushunamiz va hamkorlarimiz New Line Cinema va Warner Bros Pictures bilan hamkorlik qilib, oʻtmishni hurmat qilishni, sifat va ishlab chiqarish qadriyatlarining eng yuqori darajasida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqdamiz.“

Warner Bros
Warner Bros

Oʻtgan yili WarnerMedia va Disovery Inc qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan media-konglomeratdan soʻng Warner Bros Discovery-da katta qisqartirishlarni bosh boʻlgan Zaslav kompaniya 2,1 milliard dollar zarar koʻrganligi va daromad olish uchun koʻproq kino franshizalarini sotish zarurligi haqida gapirgan edi.

New Line va Warner Bros Animation kompaniyalari “Uzuklar hukmdori: Rohirrimlar urushi” filmi ustida ishlamoqda.  Rohan qirolligining afsonaviy rahbari Helm Hammerxandning hikoyasini kengaytiruvchi film 2024-yil aprel oyida kinoteatrlarda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

“Uzuklar hukmdori” film trilogiyasi kino tarixidagi eng yirik loyihalardan biri. Uni amalga oshirish ishlari sakkiz yil davom etdi, uchchala film ham Yangi Zelandiyada suratga olingan va 2001 va 2003 yillar orasida ommaga taqdim etilgan. Har biri 90 million dollarga yaqin byudjetga ega boʻlgan va butun dunyo boʻylab 2,9 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan. Jami uchta film 30 ta “Oskar”ga nomzod boʻlgan, shundan 17 tasida gʻolib boʻlgan. Uchinchi qism – “Qirolning qaytishi” nominatsiya qilingan barcha toifalarda g‘olib chiqqan. Filmlar New Line Cinema va WingNut Films tomonidan suratga olingan.

11 yildan so‘ng New Line Cinema, Metro-Goldwyn-Mayer va WingNut Films kompaniyalari tomonidan “Uzuklar hukmdori” filmining prekveli, "Xobbit" trilogiyasi kinoteatrlarda namoyish etildi. Trilogiya, shuningdek, 745 million dollarlik byudjet bilan 2,9 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56