Silvestr Stallone Sovuq urush faxriysi haqidagi josuslik trillerida rol oʻynaydi

76 yoshli Silvestr Stallone Amazon Studiosning “Never Too Old to Die” (“Oʻlish uchun hech qachon qarilik qilmaysan”) josuslik komediyasida bosh rolni ijro etadi.

Film aygʻoqchi qariyalar uyida sirli qotillik sodir etgan qotilni qidirishga tushgan Sovuq urush faxriysi haqidagi jangovar komediya sifatida tasvirlangan. Ssenariy Brayan Otting tomonidan yozilgan, biroq rejissyorlar tarkibi hali aniqlanmagan.

“Never Too Old to Die” filmi Stallonening Balboa Productions prodyuserlik kompaniyasi va Amazon oʻrtasidagi kelishuvdan keyingi birinchi loyihasi boʻladi, unda Rokki va Rembo yulduzlari studiya uchun turli kino va televizion loyihalarni yozadi, rejissyorlik va prodyuserlik qiladi hamda bosh rolni bajaradi.

Soʻnggi paytlarda 76 yoshli Stallone yana faol ravishda ekranlarda paydo boʻlmoqda. Aktyor yaqinda “Samariyalik” va “Tulsa qiroli” kriminal seriyali super qahramon jangari filmlarida koʻrinish bergan, shuningdel, may oyida “Galaktika qoʻriqchilari” 3-qismida Stakar Ogord rolini ijro etdi. Sentyabr oyining oxiriga moʻljallangan “The Expendables” filmining toʻrtinchi qismi ham ayni paytda katta ekranlarga chiqarilishga tayyorlanmoqda.

“Never Too Old to Die” filmini suratga olish ishlari qachon boshlanishi hozircha oshkor etilmagan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47