“Otto ismli kishi”: Netflixʼda xitga aylanayotgan navbatdagi kinofilm

Yil boshida kinoteatrlarga taqdim etilgan “Otto ismli kishi” filmi Netflixʼda paydo boʻldi. 2015-yilda suratga olingan “Uve ismli kishi” shved filmi asosida suratga olingan film qoʻshnilari bilan munosabatlarni tiklaganidan keyin hayoti yaxshilangan keksa beva haqida.

Film kinoteatrlarda juda katta byudjet toʻplamagan boʻlsa-da, “Otto ismli kishi” filmi yaxshi kutib olindi va Netflixʼda haftaning eng koʻp tomosha qilingan filmlari roʻyxatida doimiy ravishda yuqori oʻrinni egallab bormoqda.

Odatda Netflixʼda filmlar qanday sababga koʻra ommalashishini aniq aytib boʻlmaydi. Biroq, reytingni koʻtarishga olib keluvchi baʼzi omillar mavjud boʻlib, ularni “Otto ismli kishi” filmida ham uchratish mumkin.

1. Tom Xenks. Yulduzlar ijrosi

60 yosh boʻlishiga qaramasdan, hanuz oʻz shijoati va aktyorlik mahoratini saqlab qolgan Tom Xenks hanuz barcha yoshdagi amerikalik tomoshabinlarning kumiri hisoblanadi. 30 yildan ortiq vaqt davomida uni tanib kelgan muxlislar, tabiiyki yulduzni koʻrish uchun ham filmga qiziqishadi. “Otto ismli kishi” yangi voqeani aytib bermaydi, lekin loyihaga Tom Xenksning qoʻshilishi film reytingi koʻtarilishiga hissa qoʻshgan.

2. Oila davrasida tomosha qilinadigan film

“Otto ismli kishi” albatta, blokbaster emas, lekin film piari koʻplab tomoshabinlarni 50 dollarlik chiptalarni sotib olishga majbur qila olgan. Biroq kinofilmni Netflixʼda chiqishi uni ommalashishiga zoʻr turtki berdi: odatda kinoteatrlarda tomoshabinlar nazaridan chetda qolib ketgan koʻplab  filmlar Netflix striming platformasida paydo boʻlishi bilanoq mashhurlikka erishadi.

“Otto ismli kishi” — bu katta ekranda tomosha qilinadigan film emas. Buning ustiga film ijodkorlari reklama va turli bilbordlarda uning nomi hamda syujeti haqida yetarlicha spoyler qilib qoʻyishgani tufayli tomoshabinlarning qiziqishi soʻngan.

3. “Otto ismli kishi” — real hayotning filmdagi ajoyib talqini

Film uni tomosha qilishni boshlagan paytingizdanoq kayfiyatingizga yaxshi taʼsir qiladi: bu, atrofidagi odamlar tufayli, dunyo oʻzi oʻylagandan ham yaxshiroq ekanligini kashf etgan gʻamgin chol haqidagi hikoya. Bundan tashqari, koʻplab filmlarda ishlatiladigan voqealar rivojini eslatib yuborsada, film juda ham qiziqarli va maftunkor chiqqan.

Film voqealarida tomoshabin oʻzini koʻradi, qahramonlar holatini his qiladi va endi nima boʻlishini taxmin qila boshlaydi. “Otto ismli kishi” — bu ajabtovur qobiliyatga ega qahramon emas, holbuki Netflixʼga film koʻrish uchun kirganlarning koʻpchiligiga ham unday qahramonlar qiziq emas.

“Otto ismli kishi” hozirda Netflixʼda translatsiya qilinmoqda: https://www.netflix.com/title/81616256

Avvalroq Netflix koreys filmlari va seriallari uchun yana 2,5 milliard dollar ajratgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56