Mart oyining eng yaxshi uchta filmi tahlili: “Jon Uik 4”, “Qichqiriq 6” va “Tetris”

Mart oyining uzoq kutilgan yorqin premyeralarini tahlil qilamiz, syujeti borasida soʻzlab oʻtamiz, bir soʻz bilan aytganda, agar bu filmlarni hali ham koʻrmagan boʻlsangiz, koʻrishga ishtiyoqingizni oshiramiz.

Mart oyi turli filmlarga boy boʻldi. Ular orasida Netflixʼning “Lyuter” — “Qulagan quyosh” seriali va “Yaxtadagi qotillik” jinoiy komediyasining davomi — “Parijdagi qotillik”, “Bu yerga sevgini nima aloqasi bor?” kabi kartinalarni aytish mumkin.

Jon Uik 4

“Jon Uik” franshizasining soʻnggi qismi deb aytilayotgan film ancha-muncha shov-shuv koʻtardi.

Film voqealari Nyu-Yorkda boshlanadi. U yerda Kabutarlar qiroli bilan yer ostiga yashiringan Jon Uik Klanlar hukmronligidan oʻch olishga tayyorlanmoqda. Oʻz rejasini amalga oshirishda Uik Marokashga borib, Kengash tepasida turgan oqsoqolni oʻldiradi.

Biroq, Uik bu bilan halovatga erisholmaydi. Voqeadan gʻazabga kelgan Kengashning yuqori martabali aʼzosi Markiz Vinsent de Gramon Continental mehmonxonasi menejeri Uinston Skottni chaqirib uni jazolaydi va ishdan boʻshatadi; soʻngra mehmonxonani vayron qilib Xaronni ham oʻldiradi.

Markiz Parijga boradi va u yerda Jon Uikning eski doʻsti va koʻr qotil Kainni yollaydi, aks holda markiz Kainning qizini oʻldirish bilan tahdid qiladi. Endi Jonning oldida doʻsti Kaindan qochib, markizni magʻlub etish va Kengash oldidagi majburiyatlardan xalos boʻlish vazifasi turardi, ammo buning uchun u oʻzining eski tanishlari — Ruska Roma jinoyatchilar oilasi bilan birlashishi kerak.

Deyarli uch soatlik davomiyligiga qaramasdan, Jon Uik 4 aslo zeriktirmaydi, yorqin ranglar va doimiy ekshn, jang sahnalari tomoshabinga vaqt oʻtayotganini sezdirmay qoʻyadi. Film boshdan-oyoq faol sahnalar, dinamika, qisman hazil-mutoyiba va insoniylik motivlariga boy. 

Bir soʻz bilan tariflasak, “Jon Uik 4” — bu doʻstlik, sevgi, hayot qadri va uning oʻtkinchiligi haqidagi film. Ushbu mavzularning barchasi filmda ochib berilgan va tomoshabinlarga ular haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Filmdagi sahnalar ham, suratga olish joylari ham ajoyib tarzda uygʻunlashgan, shu bilan birga, tomoshadan estetik zavq bagʻishlaydi.

“Jon Uik 4” haqida soʻz ochganda uni mashhur qilgan omillardan biri — Uik obrazini yaratgan Kianu Rivz ijrosiga toʻxtalmaslikning iloji yoʻq. Jon Uik — “Matritsa” filmidagi Neodan aslo qolishmaydi — har ikki ham yoʻqotadigan hech narsasi yoʻq xarizmatik qahramonlar.

Kain — Jon Uikning koʻr doʻsti obrazini jonlantirgan Donni Yen salbiy qahramon sifatida ham eʼtiborni tortadi. Butun tomosha davomida tomoshabinlar Kain obrazini his qiladi, unga rahmi keladi va ijro mahoratidan qoyil qoladi. Qanchalik salbiy qahramon boʻlmasin, doʻstiga qarshi chiqishga majbur boʻlgan Kain qalban yaxshi inson, ota va doʻst hisoblanadi.

Bill Skarsgard ijrosidagi Markiz Vinsent de Gramont juda olifta, ammo shu bilan birga, oʻz maqsadiga erishish uchun qoʻllarini qonga botirishdan toymaydigan yovuz shaxs. 

Jon Uik 4 — bu juda dramatik va estetik jangovar film boʻlib, sizga maroqli tomosha hamda turli emotsiyalarni hadya etadi. Filmni ayni kunlarga yurtimiz kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Qichqiriq 6

Mart oyining navbatdagi premyerasi — “Scream 6” Arvoh yuzli laqabli manyak va qarshi chiqqan qurbonlar haqidagi horror franshizasining davomi.

Film oldingi qismda tasvirlangan voqealardan besh yil keyin sodir boʻladi. Bosh qahramon opa-singillar Tara va Samanta Karpenterlar u yerda yuz bergan dahshatni unutish va hayotni noldan boshlash uchun Vudsborodan Nyu-Yorkka koʻchib oʻtadilar: Tara kollejga boradi, Samanta esa singlisiga qarashdan tashqari, psixoterapevtga tashrif buyurishni boshlaydi. Nyu-Yorkdagi qizlar bilan bir qatorda egizaklar Chad va Mindi Mix-Martin ham boʻladi.

Ammo Nyu-York ham bosh qahramonlarni Arvoh yuzdan qutqara olmaydi. Yigitlar koʻchib oʻtganidan koʻp oʻtmay, Xellouin bayrami arafasida, Arvoh yuzi kostyumini kiygan talaba Jeyson Kervi professor Laura Kreynni oʻldiradi va sherigi Greg bilan birga Karpenter opa-singillariga hujum qilishni rejalashtiradi, ammo tez orada ikkalasi ham Arvoh niqobi qurboniga aylanadi.

Kutilmaganda Samantani qotillikda ayblashdi, chunki uning guvohnomasi jinoyat joyidan topilgan. Endi Karpenter opa-singillari va Mix-Martin egizaklari Samantaning nomini himoya qilishlari va Arvoh yuz qurboniga aylanmasdan Nyu-Yorkda nima sodir boʻlayotganini bilishlari kerak.

“Qichqiriq 6”, oldingi qism singari, toʻrtta asosiy komponentdan iborat: hazil-mutoyiba, detektiv va nostalgiyani jamlagan. Koʻpgina epizodlarda “Qichqiriq 6” haqiqatan ham tomoshabinni kuldiradi, ammo yerda horror nashriga xos boʻlgan, kulgili darajada boʻrttirilgan elementlar ham bor.

Bundan tashqari, baʼzida bu janrdagi qiziqarli narsalar “meta” darajasiga koʻtariladi. Misol uchun, filmning boshida Arvoh yuz niqobini yechib tashlaydi va bu voqealar davomini bilmaydigan tomoshabinlar uchun kutilmagan holat, chunki odatda manyaklar haqidagi dahshatli filmlarda bunaqasi uchramaydi.

Filmda Metyu Bettinelli va Tayler Gillett tomonidan olingan metahorror yoʻnalishi juda yaxshi chiqqan. Ularning ijrosi tomoshabinni anʼanaviy horror filmlaridagi kabi manyak va har xil hajviyalar bilan jalb qilishga intilmaydi.

Aksincha turli xil mavzularni qamrab olgan yumor bora-bora, umuman zamonaviy pop-madaniyat ustidan kuladi. Mazkur aktyorlari ijrosi doimiy ravishda tomoshabinni hayratda qoldirib, detektiv janrning anʼanaviy qonunlarini buzadi. 

Film davomida voqealar rivoji va mantiqiy zanjir yaxshi olib borilgan.

Aytish mumkinki, Scream 6 hozirda klassik horror filmlarining eng yaxshi davomi boʻlib, allaqachon zerikarli tus olgan turli horror filmlariga yaxshi namuna boʻladi, deyish mumkin. 

Tetris

Bizga manzur kelgan ajoyib uchlikni Apple TV+ striming xizmatining mart oyida taqdim etilgan Tetris biografik filmi bilan yakunlaymiz.

Ayni mart oyining so‘nggi kunida taqdim etilgan film tadbirkor Xenk Rojers haqida hikoya qiladi. Bir kuni, Las-Vegasdagi elektronika koʻrgazmasida oʻz oʻyinini namoyish etayotganda, u tasodifan Tetris oʻyinini payqab qoldi va u oʻyinga boshi bilan shoʻngʻib ketadi. Hank Tetrisni sotib olish va ommalashtirish gʻoyalari bilan yona boshlaydi.

Tetris tarixini oʻrganish jarayonida Xenk oʻyinni ishlab chiqaruvchisi sovet dasturchisi Aleksey Pajitnov ekanligini bilib oladi. U va oʻyin huquqiga ega boʻlgan kompaniya bilan uchrashish uchun Xenk shoshilinch ravishda Sovet Ittifoqi qonunlarini chetlab oʻtib, hamma narsani, shu jumladan erkinligini xavf ostiga qoʻyib, SSSRga uchib ketadi.

Film syujeti Aleksey Pajitnov va Xank Rojers oʻrtasidagi doʻstlik fonida rivojlanib boradi.

Biroq Aleksey va Xankning KGB bilan munosabatlari juda boʻrttirilganligini his qilish qiyin emas. Aeroportga ketayotganda ularni qora “Volga” taʼqib qilishi kabi sahnalar, biografik janrdagi koʻplab syujetlar tomoshabin nigohida oʻtkir syujetli siyosiy trillerni namoyon qiladi.

Biroq, Tetris ochkoʻz kapitalistlar va konservativ kommunistlar haqida emas, balki haqiqiy doʻstlik haqidagi kino, u nafaqat doʻstlik mavzusini, balki burch, or-nomus, vatanparvarlik va oilaviy qadriyatlar mavzusini ham koʻtaradi hamda ochib beradi.

Hikoya nihoyatda zamonaviy tarzda taqdim etilgan: film “darajalarga” boʻlingan, ularning har biri 8 bitli “sahnalar” bilan ochiladi. Umuman olganda, mualliflar vizual effektlarni yaratishga oʻz ishlariga professional yondashganini his qilish mumkin.

Kadrda siz oʻz rollarini aʼlo darajada bajargan koʻplab isteʼdodli aktyorlarni uchratishingiz mumkin: Sofya Lebedeva (“Soʻnggi vazir”, “Kazanova”), Entoni Boyl (“Patrik Melroz”, “Tolkien”), Oleg Shtefanko (“Qalb oʻgʻrilari”, “Amerikaliklar” ), Tobi Jons (“Birinchi qasoskor”, “Lui Ueynning mushukcha dunyosi”) va boshqalar.

Nikita Yefremov va Taron Egerton hatto bunday isteʼdodli alohida ajralib turadi. Aktyorlar ijrosidagi qahramonlar taʼsirchan, oʻzgaruvchan, baʼzida keskin va baʼzida kulgili obrazlarini shunchaki tomosha qilib ketolmaysiz. Ularning qahramonlari ijrosini, oʻzaro muloqotlarini tomosha qilar ekansiz, beixtiyor bosh qahramonlar bilan birgalikda qaygʻuli va quvnoq, xavotir va xotirjamlik hislarini anglaysiz.

Aynan shu sababli ham, filmni tomosha qilib boʻlgach, “Tetris” — nafaqat siyosiy triller va biografik film, balki chegara bilmaydigan haqiqiy doʻstlik haqida ekanligini ham his qilish mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44