Youtube 18 yoshda: videoxosting tarixidagi eng mashhur videolarni eslaymiz

14-fevral - YouTube’ning ishga tushgan kuni sifatida tarixda qoldi. Platformani voyaga yetganligi munosabati bilan biz butun dunyo qanday videolarni eng koʻp tomosha qilganini eslashga qaror qildik:

Ed Sheeran - Shape of You (5,9 milliard marta ko’rilgan)

Britaniyalik pop-musiqachi Ed Sheeran qo'shig'iga ishlangan klip YouTube tarixidagi eng ko'p ko'rilgan videolar beshligini ochib beradi. Hozirda u 5,9 milliard marta ko'rilgan. Videohostingga 2017 yilda yuklangan va ajoyib jihati shuki, syujet markazida raqslar emas, balki jismoniy mashg’ulotlar.

"Bath Song" CoComelon Nursery Rhymes & Kids Songs (6 milliard marta ko'rilgan)

Ushbu o'quv animatsion klipi millionlab bolalar uchun cho'milish qo'llanmasiga aylandi. Uni ko’rib bolalar hursand bo’ladi, raqsga tushadi, qo'shiq aytadi va o'ynaydi. Shuningdek, video bilan birga siz harflar, raqamlar, hayvonlarning tovushlari, ranglari va boshqa ko'p narsalarni o'rganishingiz mumkin.

LooLoo Kids - Johny Jony Yes Papa (6,6 milliard marta ko'rilgan)

LooLoo Kids - Johny Johny Yes Papa qo'shig'i YouTube'ga 2016-yilda yuklangan va eng yaxshi bolalar qoʻshigʻi sifatida eʼtirof etilgan. Bu 2 daqiqalik multfilm Jonnining shakar o'g'irlamoqchi bo'lgan bolakay va bunga to’sqinlik qilayotgan otasi haqida.

Luis Fonsi ft. Daddy Yankee - Despacito (8 milliard marta ko'rilgan)

YouTube tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan videolar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni puerto-rikolik musiqachi Luis Fonsi va vokalchi Daddi Yankining Despacito qo‘shig‘iga ishlangan videosi egalladi. Ispan tilidan "sekin" deb tarjima qilinadi. Video chiqarilgandan keyingi dastlabki 24 soat ichida u 5 million marta ko'rilgan.

Pinkfong Kids’ Songs & Stories - Baby Shark Dance (12 milliard marta ko'rilgan)

Kutilmaganda YouTube tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan video akulalar oilasi haqidagi bolalar qo‘shig‘i “Baby Shark Dance” bo‘ldi.

Video Janubiy Koreyaning Pinkfong brendi tomonidan suratga olingan va 2018 yilning yozida xostingda chiqarilgan. Hozirda u 12 milliard marta ko'rilgan.

Video dastlab Osiyoda, keyin AQSh va Yevropada tarqaldi. Oddiy qo'shiqning mashhurligi uni 10 yoshli koreys-amerikalik qo'shiqchi Xoul Segoin ijro etganidan keyin paydo bo'ldi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56