Instagramda reelsmaker’lar uchun yangi monetizatsiya usuli paydo boʻldi

Endi Instagram foydalanuvchilari Reels mualliflariga real pulga aylantirilishi mumkin bo‘lgan ”Gift”larni sotib olib sovg‘a qilishi mumkin.

Gift — monetizatsiya usuli haqida Meta o‘z saytida maʼlum qilgan. Yangi funksiya ayni paytda foydalanish uchun taqdim etilgan.

Haqiqiy pulga konvertatsiya qilinuvchi Gift o‘tgan yili noyabr oyidan buyon sinab ko‘rilayotgandi. Bunda turli foydalanuvchilar Reels egalariga sovg‘a — Gift hadya qilishadi. Bu huddi mobil o‘yinlaridagi donate funksiyasiga o‘xshaydi.

Reelsmaker o‘zining umumiy va taxminiy oylik daromadini Instagram Professional boshqaruv panelida ko‘rishi mumkin. Ushbu to‘lovlar sovg‘a olingan oy tugagandan so‘ng taxminan 21 kundan keyin ijodkorning hisobiga o‘tkaziladi.

“Agar siz maʼlum bir oyda yoki umumiy oylik daromadingizdan kamida 100 dollar ishlagan bo‘lsangiz, uni haqiqiy pulga aylantira olasiz. Masalan, aprelda 50 dollar, may oyida esa 80 dollar ishlab topsangiz, demak siz iyun oyida pulingizni olishingiz mumkin”.

Sovg‘alar Instagram ilovasida Stars virtual valyutasiga sotib olinadi, ular narxi 10 dan bir necha yuz “yulduz”gacha bo‘lishi mumkin. Masalan, foydalanuvchilar 45 ta yulduzni 0,99 dollarga, 140 yulduzni 2,99 dollarga yoki 300 yulduzni 5,99 dollarga sotib olishlari mumkin.

Instagram sovg‘a olgan Reels egasi daromadining bir qismini beradi, bunda olingan har bir “yulduz” uchun $0,01 miqdorida to‘lanadi.

“Sovg‘a”larni olgan muallif umumiy balans 100 dollarga yetganda to‘lovlarni haqiqiy pulga aylantirishi mumkin.

Shuni taʼkidlab o‘tish ham kerakki, Facebook Stars “valyutasi” nomi o‘xshash bo‘lsa-da, uni Instagramga o‘tkazib bo‘lmaydi. Shuningdek, videokontent egalariga beriladigan Instagram nishonlari (Badges) ham mutlaqo boshqa monetizatsiya turiligicha qoladi. 

Turli to‘lov usullari va ularning haqiqiy valyutalardan farq qilishi tarmoq foydalanuvchilarni “real qiymatdan” chalg‘itadi hamda Instagram bo‘ylab faolroq “pul aylanishini” taʼminlaydi.  

Hozirda yangi funksiya faqatgina AQSHda mavjud, biroq barcha foydalanuvchilar uchun emas. Aynan qanday foydalanuvchilar undan foydalana olishiga Meta izoh bermagan, bunday imkoniyat bor yoki yo‘qligini Professional boshqaruv Paneli (Professional Dashboard)dan tekshirib olish mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi Redmi Turbo 4 AnTuTu reytingida eng kuchli "subflegmanlar" ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi
AnTuTu benchmarki mart oyi uchun eng kuchli ishlovchi Android-subflegmanlar reytingini e’lon qildi.
Smartfon
02 aprel, 14:03
Sony WH-1000XM6 quloqchinlari 2025 yil may oyida chiqishi mumkin
Xabar aniq sanani ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bazi manbalar ularning may oyining birinchi yoki ikkinchi haftasida taqdim etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Quloqchinlar
02 aprel, 08:45
Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56