Instagram yoshni yashirishga qarshi yangi tizim ishga tushirdi

Instagram yoshlarning yoshi haqida yolg'on ma'lumot berishini aniqlash uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda: do'stlarning tug'ilgan kun tabriklari orqali ham haqiqiy yoshni aniqlash mumkin

Meta kompaniyasining yoshlar va ijtimoiy ta'sir bo'yicha mahsulot menejeri Allison Hartnett ma'lum qilishicha, Meta "Kattalar klassifikatori" nomli maxsus dasturiy vositadan foydalanib, Instagram foydalanuvchilarini 18 yoshdan katta va 18 yoshdan kichik guruhlariga ajratmoqda.

Meta kompaniyasi yaratgan maxsus dastur Instagram foydalanuvchisining haqiqiy yoshini aniqlash uchun quyidagi ma'lumotlarni tekshiradi:

- Profildagi shaxsiy ma'lumotlarni
- Kimlar bilan do'stlashganini
- Do'stlari bilan yozishmalari mazmunini
- Ayniqsa, do'stlarining tug'ilgan kun bilan tabriklash xabarlariga alohida e'tibor beradi

Masalan, agar 18 yoshdan katta deb ko'rsatgan foydalanuvchining sahifasida do'stlari "16 yoshing bilan tabriklayman" degan xabarlar yozishsa, tizim bu foydalanuvchini o'smirlar guruhiga o'tkazadi.

2023-yil sentyabr oyida Instagram o'smirlar uchun hisoblarni ishga tushirdi. Bu hisoblarda maxfiylik sozlamalari qattiqroq - masalan, kimlar xabar yubora olishi va qanday turdagi kontentni ko'rishi mumkinligi cheklangan. Ammo Meta hozircha "Kattalar klassifikatori"ning aniqlik darajasini oshkor qilmagan.

Meta Instagram'da yolg'on yoshni ko'rsatishni qiyinlashtirmoqda. Masalan, bir xil elektron pochta manzili bilan, lekin turli tug'ilgan kunlari ko'rsatilgan yangi hisoblar tekshiruvdan o'ta olmaydi. Bundan tashqari, Meta telefon qurilmasining ID raqami orqali yangi hisobdan foydalanuvchining shaxsini aniqlashi mumkin.

Agar tizim katta yoshli odamni xato ravishda o'smir deb belgilab qo'ysa:

- Hozircha bunday foydalanuvchilar o'zlari mustaqil ravishda cheklovlarni bekor qilishlari mumkin

- Buning uchun ota-onadan ruxsat so'rashning hojati yo'q

- Tez orada kompaniya rasmiy shikoyat berish tizimini ishga tushiradi

- Ya'ni, kelajakda katta yoshlilar Meta kompaniyasiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilib, o'zlarining haqiqiy yoshlarini tasdiqlata oladilar

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Play do‘koniga yangi funksiya qo‘shildi: foydalanuvchilar endi ilovalar haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Geminiga savol bera oladi
Google Play do‘konining so‘nggi versiyasida (46.1.39-31) "Ilova haqida so‘rang" deb nomlangan yangi funksiya paydo bo‘ldi. Bu xususiyat Geminining sun'iy intellekti yordamida ishlaydi va foydalanuvchilarga istalgan ilova bo‘yicha savollar berish imkoniyatini beradi.
Texnologiya
29 may, 16:16
Samsung, iPhone, Xiaomi: AI bo‘yicha qaysi biri g‘olib chiqdi?
2025-yilda eng mashhur telefonlarning sun‘iy intellekt imkoniyatlarini taqqoslandi
Smartfon
29 may, 15:22
Sony Xperia 1 VII smartfoni taqdim etildi: narxi 1 380 dollardan boshlanadi
Sony o‘zining yangi flagship telefoni Xperia 1Ⅶ ni rasman taqdim qildi. Ushbu model avvalgisiga qaraganda yaxshiroq kamera, kuchliroq protsessor va ayniqsa, Walkman’ga o‘xshash ajoyib ovoz bilan keladi.
Smartfon
13 may, 09:13
Sony Xperia 1 VII chiqadi: Yangi flagman 13-mayda taqdim etiladi!
Sony Xperia rasmiy Twitter sahifasi yangi flagman modelni taqdim etish uchun 13-may kuni press-reliz uyushtirishini e’lon qildi.
Smartfon
07 may, 16:17