Steam Deckʼdan 5,5 barobar kuchliroq Asus ROG Ally choʻntak konsoli

Asus ROG Ally portativ oʻyin konsoli narxi 699 dollarga baholanishi taxmin qilinmoqda. Ayni paytda qurilmaning render rasmlari internetda tarqalib ketgan.

Yangi konsol texnik xususiyatlariga AMD Z1 Extreme protsessorli konfiguratsiya, 16 GB operativ xotira va 512 GB SSD kiradi. Deyarli shunday funksiyalar va xotiraga ega Steam Deck esa 649 dollar turadi.

Konsol Steam, Game Pass, GeForce Now va Android oʻyinlarida ishlaydi. Unga Asus eGPU ulash orqali klaviatura, sichqoncha va monitorni ulash mumkin.

Tarqalgan insayder maʼlumotlariga koʻra, quyidagi xususiyatlarga ega boʻladi:

Asus ROG Ally 500 nits yorqinlik va 7 dyuymli Full HD 120 Gts displeyga ega.

  • Displey: 7” 1920x1080, 120Hz
  • Chipset: AMD Ryzen Z1, Ryzen Z1 Extreme
  • Grafika: AMD Radeon Navi3
  • Xotira: 16 GB LPDDR5 + 512 GB NVMe M.2 SSD

Konsol Windows operatsion tizimida ishlaydi. U har qanday kompyuter oʻyinlarini ishga tushirishi mumkin va hech qanday xizmatga bogʻlanmagan. Shuningdek, televizor va bir vaqtning oʻzida 2 ta Xbox kontrollerga ulanib ishlashi mumkin. Minimal varianti 650 dollarga baholanishi mumkin.

Asus barcha modellar uchun narxlarni 11-may kuni eʼlon qiladi. Shunda qurilma sotuvga qachon chiqishi ham maʼlum boʻladi.

Avvalroq 11-may kuni sotuvga chiqarilishi kutilayotgan Sony Xperia 1 V haqida insayder ma’lumotlar tarqalgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Excel'da ishingizni osonlashtiradigan 5 funksiya
Excel’da ishni tezlashtiradigan 5 funksiyani o‘rganing. UNIQUE, TEXTSPLIT, CHOOSECOLS, SUBSTITUTE va XMATCH yordamida ma'lumotlarni tahlil qilish va avtomatlashtirishni osonlashtiring.
Lifehacker
20 oktabr, 11:50
Windows uchun ChatGPT dasturining desktop versiyasini chiqdi
ChatGPTni endi Windows uchun alohida ilova sifatida yuklab olish mumkin. Lekin hamma uchun emas
AI
19 oktabr, 22:49
Galaxy S24 FE yoki Galaxy S24: Qaysi biri yaxshiroq?
Ushbu Flagmanlar uchun ko'p pul sarflashga arziydimi?
Smartfon
19 oktabr, 11:53
Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11