Sony mutlaqo yangi PlayStation ishlab chiqmoqda

Insayderlar Sony kompaniyasi PlayStation brendi ostida yangi qurilma ishlab chiqarayotganini oshkor qildi.

Jurnalist Tom Xendersonning soʻzlariga koʻra, yangi gadjet PlayStation 5 Pro konsolidan ham ertaroq chiqariladi. Xabarni 1-aprel kuni maʼlum qilgan jurnalist, soʻzlari mutlaqo hazil emasligini, bu gadjet mutlaqo boshqacha boʻlishini aytdi. Biroq, qurilma tafsilotlarini oshkor qilmagan Tom kelgusida koʻproq yangiliklar yetkazib turishga vaʼda berdi.

Tarmoq foydalanuvchilar gap Sony portativ konsoli haqida ketayotganligini taxmin qilishmoqda. Kompaniya ilgari Nintendo bilan portativ konsol bozorida raqobatlashishga harakat qilgan va 2011-yildagi ilk urinishi (PlayStation Vita) omadsiz kelgan, soʻngra 2004-yil oxirida taqdim etilgan PlayStation Portable anchayin muvaffaqiyatli boʻlgandi.

Xenderson, shuningdek, 2024-yilda sotuvga chiqishi kutilayotgan PlayStation 5 Pro haqidagi yangi maʼlumotlarni ham tez orada oshkor qilishi ma’lum qildi.

Oldinroq Sony tasvir sifatini maksimal yaxshilaydigan televizorlarni taqdim qilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 iyul, 11:47
Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07