Sony mutlaqo yangi PlayStation ishlab chiqmoqda
Insayderlar Sony kompaniyasi PlayStation brendi ostida yangi qurilma ishlab chiqarayotganini oshkor qildi.
Jurnalist Tom Xendersonning soʻzlariga koʻra, yangi gadjet PlayStation 5 Pro konsolidan ham ertaroq chiqariladi. Xabarni 1-aprel kuni maʼlum qilgan jurnalist, soʻzlari mutlaqo hazil emasligini, bu gadjet mutlaqo boshqacha boʻlishini aytdi. Biroq, qurilma tafsilotlarini oshkor qilmagan Tom kelgusida koʻproq yangiliklar yetkazib turishga vaʼda berdi.
Tarmoq foydalanuvchilar gap Sony portativ konsoli haqida ketayotganligini taxmin qilishmoqda. Kompaniya ilgari Nintendo bilan portativ konsol bozorida raqobatlashishga harakat qilgan va 2011-yildagi ilk urinishi (PlayStation Vita) omadsiz kelgan, soʻngra 2004-yil oxirida taqdim etilgan PlayStation Portable anchayin muvaffaqiyatli boʻlgandi.
Xenderson, shuningdek, 2024-yilda sotuvga chiqishi kutilayotgan PlayStation 5 Pro haqidagi yangi maʼlumotlarni ham tez orada oshkor qilishi ma’lum qildi.
Oldinroq Sony tasvir sifatini maksimal yaxshilaydigan televizorlarni taqdim qilgan edi.