Dell kompaniyasi dunyodagi eng tezkor oʻyin monitori narxlari e’lon qilindi
Geyming
04 mart, 09:30
21-mart kuni sotuvga chiqariladigan Alienware 500Gts tezlikka ega oʻyin monitori boshqa analoglariga nisbatan bir necha marotaba arzon, deb baholanmoqda.

Alienware AW2524H 24,5 dyuymli monitor texnik jihatdan 480 Gts tezlikka ega va overclock funksiyasi bu raqamni 500 Gts'gacha oshiradi.
Funksional jihatidan Alienware AW2524H toʻrtta 5Gb/s USB-A porti, ikkita standart 3,5 mm audioport va ikkita HDMI 2.1 portiga ega.
21-mart kuni Shimoliy Amerikada sotuvga chiqariladigan monitor narxi 829,99 dollar, yoki AQShning o‘zida 1 099,99 dollarga baholanadi.Monitorning hozirgi narxi, — 830 dollar biroz qimmat tuyilishi mumkin, ammo, The Verge xabar berishicha, Samsung Odyssey Ark oʻyin monitorining 3 500 dollar narxiga nisbatan bu juda ham hamyonbop so‘mma.
Ma'lumotlarga koʻra, Alienware AW2524H uzoq vaqt davomida bozordagi eng tezkor monitor boʻla olmaydi. Oʻtgan yilning may oyida Asus 500 Gts chastotali oʻyin monitori ishlab chiqilishini eʼlon qilgan. Ushbu modelning chiqarilish sanasi aniq boʻlmasa-da, bozorda birinchi hamyonbop model sifatida Alienwareʼdan oshib ketishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya

NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle