Windows XPʼning yoʻl-yoʻlakay olingan fon rasmi kompaniyaga 100 000 dollarga tushgan

Windowsʼning fon rasmlari hammamizga tanish, biroq ularning tanlanish tarixi ham anchayin qiziq. Bliss deb ataluvchi fon rasmi esa texnologiya olamidagi eng mashhur tasvirlardan biridir.

Windows XP uchun mashhur “Bliss” fotosurati Charlz OʻRear tomonidan olingan va Microsoft kompaniyasiga sotilgan/Microsoft/Instagram

Fotosuratchi Charlz OʻRear tomonidan olingan surat Microsoft operatsion tizimi uchun standart fon rasmi sifatida tanlanganida millionlab odamlarning eʼtiborini tortdi.

Surat 1996-yilda OʻRear oʻzining Napa vodiysidagi uyidan San-Fransiskodagi doʻstinikiga ketayotganiga olingan. U Kaliforniyaning Sonoma okrugi boʻylab oʻtayotganida yashil tepaliklar va moviy osmon manzarasini uchratdi hamda yoʻl chetida toʻxtab Mamiya RZ67 oʻrta formatli plyonkali kamerasini olib, suratga oldi. National Geographicʼda ishlagan OʻRarning aytishicha, u doim oʻzi bilan kamera olib yurgan va tez-tez suratga olish uchun yoʻllarda toʻxtagan.

OʻRar oʻshanda uning surati bunchalik mashhur boʻlishini hayoliga ham keltirmagani aniq. Fotograf shunchaki tabiatning goʻzal manzarasidan hayratlanib tasvirga olgan edi xolos. 

Darhaqiqat, bir necha yil oʻtgach, Microsoft oʻzining yangi Windows XP operatsion tizimida aynan shu rasmdan foydalanishini maʼlum qildi. OʻRear fotosuratni Corbis foto agentligiga yubordi.

Microsoft OʻRiarga rasmdan foydalanish uchun toʻlagan summasi oshkor qilinmagan, biroq baʼzi hisob-kitoblarga koʻra, bu 100 000 dollar yoki undan yuqori boʻlishi mumkin.

Avvalroq Windows 12 uchun kamida 8 GB operativ xotira kerak boʻlishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47