Oyning bir oylik sayohati ask etgan surat kun tasviri deb eʼlon qilindi

Vael Umarning aytishicha, u Misrda analemmani tasvirga olgan birinchi odam hisoblanadi.

Qatʼiyatli va tajribali fotosuratchi Vael Umar bir oy davomida Oyning Misr boʻylab oʻtishini — oy analemmasining ajoyib suratini olish uchun 170 futlik minoraga chiqdi.

“Rasmlar ketma-ketligi 2023-yil 22-apreldan 17-maygacha olingan. Tasvir ortidagi gʻoya shundan iboratki, Oy har kuni taxminan 50 daqiqa 29 soniyadan soʻng osmondagi bir xil holatga qaytadi, shuning uchun men Oyni suratga oldim. 50 daqiqa va 29 soniyadan keyin keyingi kunlarda deyarli bir oy davomida har kuni bir xil joydan tasvirga olishga toʻgʻri keldi. Oyning qiyshiq elliptik orbitasi tufayli 8 raqami yoki cheksizlik belgisi hosil boʻldi”.

Oyning analemmasi faqat bitta oy siklida olinishi mumkin, ammo fotosuratchi har kuni taxminan 50 daqiqadan soʻng xuddi shu holatga qaytishi kerak.

“Bu tasvirni olish juda qiyin va toliqtiradi, buning ustiga oy tasvirini olishda belgilangan vaqtni kutib, hushyor turish uchun uxlamagan tunlarim boʻldi”, deb izohladi Umar.
“Men xuddi shu joydan suratga olish uchun 18 mm linzali Canon 200D kamerasidan foydalandim va rasmlarda oyni osongina koʻra oldim, lekin oʻtgan hafta suratlarni kunduzi olganim uchun bu tasvirlar ochroq koʻk rangga ega”, dedi u.

Uning fidoyiligi, albatta, oʻziga xos tasvir bilan oʻzini oqladi va uning ishi Astrobinʼda kun tasviri sifatida eʼtirof etildi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26
Bu siz o‘ylagandek Mercedes-AMG GT emas. Bu o‘zimizning Cobalt!
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet mashinalariga nemis brendi Mercedesning detallari o‘rnatilmoqda.
Avto
29 avgust, 21:51