Jek Ma Alibaba Group Ltd. rahbarligidan ketib o‘qituvchilik qilishga qaror qildi

Alibaba Group Ltd. asoschilaridan hisoblangan Jek Ma nafaqaga chiqqani va yoʻnalishini butunlay oʻzgartirib Tokio universitetida professor sifatida maʼruza oʻqishini maʼlum qildi.

Stephanie Lecocq/ЕРА

58 yoshli Jek Ma 1-maydan boshlab oʻzining yangi lavozimiga kirishadi va bir qancha sohalarda hissa qoʻshishi kutilmoqda. U, xususan, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarish sohalarida maslahat beradi va tadqiqot olib boradi. Shuningdek, u tadbirkorlik va innovatsiyalar boʻyicha seminarlar oʻtkazadi.

Jek Ma 2020-yilda Xitoy hukumatini tanqid qilganidan soʻng ancha payt koʻzdan gʻoyib boʻlgan va Alibaba shoʻba korxonasi Ant Group Co. tashkilotining ham ilk aksiyalari joriy qilinmay qolgandi.

Uni soʻnggi ikki yil ichida Gollandiya, Ispaniya, Avstraliya, Tailand va Yaponiyada koʻrishgan. Milliarder mart oyida Xitoyning Xanchjou shahrida yana paydo boʻldi. Ma xorijda yashashni tanladi va oʻz kompaniyalarini tark etishga sabab qilib qishloq xoʻjaligi texnologiyalari tadqiqotlariga eʼtibor qaratishini aytgan.

“Uning biznesmen sifatidagi karyerasi nihoyasiga yetganga oʻxshaydi”, dedi LightStream Research tahlilchisi Oshadxi Kumarasiri.

“U ilgari ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan va biznesni tark etgach yana oʻqituvchilikka qaytish istagini bildirdi”.

Avvalroq bir guruh Tesla sarmoyadorlari kompaniya bosh direktori Ilon Maskni Twitter kabi boshqa kompaniyalari oldidagi majburiyatlarga haddan tashqari koʻp vaqt ajratayotganini aytib ishdan bo‘shashini talab qilishgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33