ChatGPT Internetdagi barcha maʼlumotlarni oʻgʻirlagani uchun sudga tortildi

ChatGPT asoschisi boʻlgan OpenAI kompaniyasi va uning direktori Sem Altman katta muammoga duch kelishmoqda. AQShda OpenAI katta til modellarini (LLM) oʻrgatishda Internetdagi kontentdan noqonuniy foydalangani uchun sudga tortilmoqda.

ChatGPT yaratuvchisi OpenAIʼga nisbatan kompaniyaning sunʼiy intellektni oʻrgatish usullari internetda kontent ulashgan deyarli har bir kishining shaxsiy daxlsizligi va mualliflik huquqlarini buzayotgani yuzasidan daʼvo qoʻzgʻatildi.

OpenAI oʻzining ilgʻor AI til modellarini oʻrgatish uchun Internetdagi turli manbalardan katta hajmdagi maʼlumotlarni toʻpladi. Ushbu maʼlumotlar toʻplamlari Wikipediya maqolalari, mashhur kitoblar, ijtimoiy media postlari va turli janrlardagi kontentlar kabi keng tarkibdan iborat. Eng muhimi, OpenAI ushbu maʼlumotlarning barchasini kontent yaratuvchilardan ruxsat soʻramasdan olgan.

Kaliforniyada qoʻzgʻatilgan jamoaviy daʼvoga koʻra, OpenAIʼning tegishli protokollarga rioya qilmasligi, jumladan, kontent yaratuvchilardan rozilik olmagani maʼlumotlarning toʻgʻridan-toʻgʻri oʻgʻirlanishi mazmunidagi daʼvoga olib keladi.

Daʼvo arizasida shunday deyilgan: “Ayblanuvchilar shaxsiy maʼlumotlarni olish va ulardan foydalanish boʻyicha belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish oʻrniga oʻgʻirlik qilishdi. Ular tizimli ravishda Internetdan 300 milliard soʻz, jumladan, “kitoblar, maqolalar, veb-saytlar va postlar”, shu jumladan, roziligisiz olingan shaxsiy maʼlumotlarni chiqarib olishdi”.

OpenAI qanday qilib gʻoya, ish va ijodni oʻgʻirladi?

Agar siz soʻnggi oʻn yilliklarda Internetda faol boʻlgan boʻlsangiz, sizning oʻrgimchak toʻriga qoʻshgan raqamli hissalaringiz katta ehtimol bilan OpenAI maʼlumotlar toʻplamiga kiritilgan boʻlishi mumkin.

OpenAIʼni sudga bergan yuridik firmaning boshqaruvchi hamkori Rayan Klarkson The Washington Post gazetasiga “bu maʼlumotlarning barchasi keng miqyosda olinganini” tushuntirdi, garchi u dastlab katta til modelida qoʻllanilishi koʻzda tutilmagan boʻlsa ham.

Biroq sud natijasi noaniqligicha qolmoqda. Internet infratuzilmasi murakkab boʻlib, erkin va ochiq tarmoq tushunchasi hozirgacha toʻliq aniqlanmagan. Onlayn platformalar foydalanuvchilar bilan oʻz shartlari va kelishuvlariga ega va foydalanuvchilar ushbu platformalarda kontent joylashtirsa ham, egalik odatda foydalanuvchilarga emas, balki platformaning oʻziga tegishli.

Intellektual mulk boʻyicha huquqshunos Kaserin Gardner taʼkidlaganidek, foydalanuvchilar kontentni ijtimoiy tarmoqlarga yoki boshqa biron-bir saytga yuklaganlarida, odatda platformaga oʻz kontentidan turli usullarda foydalanish uchun keng litsenziya beradilar. Natijada, oddiy foydalanuvchilar uchun oʻquv modellarida oʻz maʼlumotlaridan foydalanganlik uchun toʻlov yoki kompensatsiya talab qilish qiyin boʻladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35