Apple yangi qurilmasi uchun XrProOS tovar belgisi roʻyxatdan oʻtkazdi

Apple xrOS tovar belgisiga egalik qiluvchi Deep Dive LLC shirkati orqali xrProOS savdo belgisini roʻyxatdan oʻtkazdi.

AR/VR shlemi uchun moʻljallangan operatsion tizim xrOS deb nomlanadi. Appleʼga xrProOS brendi nima uchun kerakli ekanligi hozircha nomaʼlum. Kompaniya oʻzining intellektual mulkini himoya qilish uchun turli nomlarni roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin.

xrProOS nomi hozirda ilk marta xabar qilinmoqda va Apple ushbu nomdan qanday mahsuloti uchun foydalanishni rejalashtirayotgani aniq emas. Mark Gurmanning soʻzlariga koʻra, Apple naushniklari operatsion tizimi xrOS deb nomlanadi, shuning uchun xrProOS nomi Apple qaysi mahsulotiga mos kelishini koʻrish kerak. Gurman allaqachon Apple minigarnituralarining nomi boʻlishini taxmin qilgandi, biroq yangi tovar belgisi “Reality Pro”ni oʻrniga ishlatilishi va xrProOS “Pro” brendi sifatida taqdim etilishi mumkin.

Avvalroq Giglink.uz Apple ChatGPT kabi generativ AI mutaxassislarini izlayotgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35