Apple qayta ishlangan M2 Pro Mac Mini-2023 modellarini sotuvga chiqardi

Apple AQSH onlayn-doʻkonida yangilangan M2 Pro Mac mini modellarini sotishni boshladi va birinchi marta eng yangi PC qurilmasiga chegirmali narx taklif qildi.

Qayta ishlangan M2 Pro Mac mini modellari 10 yadroli protsessor, 16 yadroli GPU, 16 Gb tezkor xotira va 512 Gb SSDga ega boʻlgan boshlangʻich darajadagi versiya narxi 1 099 dollardan boshlanadi. Bu uning 1 299 dollarlik asl narxidan 200 dollar chegirma degani.

Maʼlumot uchun, Apple har yili sotuvga chiqarilgan mahsulotlarining zavodda ketgan texnik xatoliklari borlarini qaytib oladi va ularni qayta taʼmirlab ozroq tushirilgan narxda taqdim qiladi.

Apple “M2” va “M2‌ Pro” chiplari bilan har xil operativ xotira, Ethernet va SSD yangilanishiga ega bir qator “Mac mini” modellarini sotadi.

MacRumors
MacRumors
Narxlar “Mac mini” konfiguratsiyasiga qarab 1 099 dollardan 2 799 dollargacha turadi. Yangilangan Mac mini sotib olayotgan mijozlar 12-15 foiz chegirma qilishlari mumkin.

M2‌ va ‌M2‌ Pro ‌Mac mini‌ modellari oldingi M1 va Intel ‌Mac mini‌ variantlarini almashtirib, 2023-yil yanvarida chiqdi. “Mac mini” uchun tashqi yangilanishlar mavjud emas edi, aksincha, Apple M seriyali chipni oʻz ichiga olgan ichki yangilanishlarga eʼtibor qaratdi.

Qayta ishlangan Apple mahsulotlari yangi qurilmalar bilan deyarli bir xil boʻlib, ularning har biri toʻliq funksional sinov, nuqsonsiz tashqi korpus va boshqalarni oʻz ichiga olgan taʼmirlash jarayonidan oʻtadi. Yangilangan mahsulotlar AppleCare+ uchun mos va yangi Apple qurilmalari bilan bir xil 14 kunlik qaytarish muddatiga ega.

Ma’lumot uchun, CPU/GPU yadrosiga ega birinchi Mac M3 yil oxirigacha chiqariladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47