Apple bosh direktori 1987-yilda chiqarilgan Macintosh’ni koʻrib hayratga tushdi

Hindistonga tashrifi davomida Tim Kuk tadbirkorlar, taniqli shaxslar va siyosatchilar bilan turli xil uchrashuvlarda ishtirok etdi. Apple BKC filialining ochilish marosimidagi holat esa, bir zumda ommalashib ketdi.

18-aprel kuni Apple bosh direktori Tim Kuk Hindistonga kompaniyaning yangi filiali ochilishi munosabati bilan tashrif buyurdi. 

Gap mahalliy UX dizayneri Sajid kutilmaganda qoʻlida 1987-yilda ishlab chiqarilgan Macintosh SE kompyuteri bilan paydo boʻlgani haqida ketmoqda. Apple rahbari bunday topilmani koʻrib hayratga tushdi. Apple asoschilaridan biri Stiv Jobs uslubida kiyingan Sajid Kuk bilan suhbatlashib suratga tushishga muvaffaq boʻldi. Kuk Macintosh SE’ga o‘z dasxatini qo‘yib berdi.

Maʼlumot uchun, Macintosh SE 1987-yil mart oyida Apple tomonidan chiqarilgan va Macintosh II bilan bir vaqtda taqdim etilgan. Macintosh SE 1990-yilda bir xil protsessor va shaklga ega, arzonroq Macintosh Classic bilan almashtirilgan. Shundan sakkiz yil oʻtgach, Stiv Jobs Kukdan Apple kompaniyasiga qoʻshilishni soʻragan va uning birinchi lavozimi global operatsiyalar boʻyicha katta vitse-prezident boʻlgan.

Avvalroq Giglink.uz iPhone deyarli ishlatmaydigan va elektron pochtasini hech kimdan yashirmaydigan Tim Kuk Appleʼning eng noodatiy rahbari sifatida e’tirof etilishi haqida yozgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23