Apple amerika harbiylari bilan ishlaydigan texnologik kompaniyani sotib oldi

Apple Miraga xaridor bo‘ldi va bu startap oldin Applening sobiq dizayneri Joni Ayvga aloqador bo‘lganligi haqida mish-mishlar bor

theverge.com

Apple kompaniyasi AR-texnologiyalari sohasidagi Mira startapini sotib oldi. Ushbu startap AQSh qurolli kuchlari va Nintendo o‘yinlar korporatsiyasininig (Yaponiya) hamkori hisoblanadi. The Verge nashri bu haqda Mira bosh direktori Ben Tafning Instagramdagi sahifasiga asoslanib xabar qilmoqda.

Garchi bitimning qiymati ochiqlanmagan bo‘lsada, The Verge ma’lumotlariga qaraganda, Miraning bozor narxi $17 mlnga teng. Bu startap oldin Applening sobiq dizayneri Joni Ayvga aloqador bo‘lganligi haqida mish-mishlar bor.

Miraning asosiy mahsulotlaridan biri Virtaul reallik garniturasi Prism Pro hisoblanadi. Kompaniyada ushbu uskunani yetkazib berish bo‘yicha AQSh harbiy havo kuchlari va harbiy dengiz kuchlari bilan tuzilgan shartnoma bor. Ular Miraga taxminan $702 000 to‘lab qo‘yishgan. Kompaniyalar qo‘shilganidan so‘ng, Apple harbiylar bilan hamkorlikni bekor qilmoqchi.

Miraning yana bir yirik hamkori Nintendo kompaniyasi bo‘lib, bu kompaniya shu paytgacha o‘zining Yaponiya va Los Anjelesdagi Mario Kart mavzuli parklaridagi attraksionlari uchun startapdan garnituralar xarid qilib kelmoqda. Bitim doirasida Apple Miraning kamida 11 xodimini o‘ziga og‘dirib olganligi xabar qilinmoqda.

Apple Mirani “o‘z komiga tortganligini”ni tasdiqlamagan bo‘lsada, muntazam ravishda kichik kompaniyalarni sotib olayotganligini inkor qilmadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Vivo arzon narxlarda kuchli batareyaga ega Y300 Pro+ smartfonini taqdim etdi
bu telefon bir zaryadda boshqa modellarga qaraganda ancha uzoq ishlaydi.
Smartfon
01 aprel, 11:15
Telefon kamerasining sifatini baholash uchun qaysi parametrlarni e’tiborga olish kerak?
Bu ma'lumotlar 2025-yil bozori uchun dolzarb bo'lib, telefoningizning kamera sifatini baholashda va yangi telefon xarid qilishda yordam beradi.
Smartfon
16 fevral, 21:56
Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47