Vertolyotdan tashlab yubormasangiz boʻldi: Toyota Hilux mashinasi xavfli sinovdan oʻtkazildi

Yutuberlar “dunyodagi eng baquvvat” avtomobil hisoblangan Toyota Hiluxʼni jiddiy sinovdan oʻtkazishdi. Natijaga qoyil qolmay ilojingiz yoʻq.

AQShdagi Whistlin Diesel kompaniyasi chidamlilik va ishonlilik darajasini sinab koʻrish uchun yangi Toyota Hilux sotib olishdi.

“Juda koʻpchilik Toyota Hilux chindan ham aytilgan darajada bardoshliligini tekshirishimni soʻrashdi va bugun biz buni sinab ko‘rishga qaror qildim”,  —dedi yutuber Kodi Detveyler.

 1-sinov

Sinov muddati haqida Detveyler: “Testni bir inson 25 yil ichida mashina bilan qilishi mumkin bo‘lgan barcha ishlarni bir kunda bajarib koʻramiz”, — dedi.

Avvaliga ular mashinaning eshiklarini bor kuch bilan qarsillatib yopib, ichiga 2500 funt gʻisht yuklab, havoda uchib ketadigan darajada qattiq itarib yuborishdi. Natijada Detveylerning Hiluxʼni daraxtga borib urildu va ramasi ozgina qiyshayganidan,boshqa o’zgarishlar sezilmadi.

“Men hech qachon mashina bunday ”xo‘rlangandan” soʻng hech narsa boʻlmaganday ishlashini koʻrmaganman, u aql bovar qilmaydigan darajada bardoshli”, — dedi u.

2-sinov

Ikkinchi sinovda yigitlar “oʻrtacha avtohalokat”ni simulyatsiya qilib ko‘rdi.

Detveyler mashinani yon tomoniga agʻdarib tashladi. Natijada old oynasi sinib ketdi, ammo qolgan qismiga xech narsa boʻlmadi.

Keyin Toyota Hilux’ning 13 tonna ogʻirlikni tortish qobiliyatini sinab koʻrishdi. 8 tonnalik Hilux 13 tonnani osongina tortib olishi, tabiiyki, unchalik ajablanarli bo‘lmadi.

Keyingi sinov: Hilux va Ford Raptor oʻrtasida arqon tortish.

Dastlab, Hilux Raptorni osongina tortib oldi, lekin so‘nggida arqon tortishuvda Raptor gʻalaba qozondi.

3-Sinov

Sinov dunyodagi eng qiyin yoʻllarga ega boʻlgan Yuta shtatining Moʻab shahrida boʻlib oʻtdi.

Ular uni nafaqat katta toshlar ustida ishga tushirishdi, balki deyarli vertikal tushishda ham sinashadi va, albatta, Hilux sinovdan oʻtdi.

4-Sinov

Oxirgi sinov.

Detveyer va uning jamoasi Hiluxni 3 km balandlikdan tashlab koʻrishga qaror qildi. Buning uchun mashina 1.5 kmʼdan tashlab yuborildi: natija esa anchayin achinarli boʻldi. Yuk mashinasi yerga urilib butunlay vayronaga aylandi. Ammo yigitlar sinovni toʻxtatishni oʻrniga, mashinani yana 3 km balandlikka koʻtarib yana tashlab yuborishdi. Nima deb oʻylaysiz? — tabiiyki, mashinaning chalpagi chiqdi.

Mazkur 1 kunga sig‘dirilgan 25 yillik foydalanish sinovidan xulosa qilsak, Toyota Hilux “uni vertolyotdan tashlab yubormaguningizgacha”, chidamli va beminnat xizmat qilar ekan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18
Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04