Xitoyning tashlandiq elektromobillar qabristoni

YouTube blogerining taʼkidlashicha, baʼzi xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilari oʻz savdolarini koʻpaytirish uchun aldamchi taktikalardan foydalanmoqda.

Xitoy elektr transport vositalarini ishlab chiqarish va sotish boʻyicha dunyoda yetakchiga aylandi. Ammo davlatning bu sohada yuksalishi faqat “yorqin” taraflardan iborat emas. Yaqinda olingan videoda xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchilari davlat imtiyozlariga ega boʻlish, kapitalni oshirish va savdo jadvallariga koʻtarilish uchun nimalarga tayyor ekanligi fosh boʻldi.

Yaqinda dronda olingan tasvirlar asosida minglab tashlandiq elektr transport vositalari bilan toʻldirilgan keng maydonlar borligi ochiqlandi. Ushbu elektr transport vositalaridan baʼzilari Geely Kandi K10 EV, Neta V va BYD e3 modellaridir. Bu mashinalar Xitoy sharqidagi Chjejiang provinsiyasi markazi Xanchjou tumanida joylashgan.

Bir qarashda tashlandiq “temir tulporlar” holati ayanchli va dahshatli koʻrinadi: oq boʻyoq chang qatlamlari bilan qoplangan va shinalar ustida oʻtlar oʻsib boshlagan. Ichki qismi deyarli yangi holatda, chunki plastik oʻrindiqlar buzilmagan va displeylari hali ham ishlamoqda.

Mashinalarning barchasida davlat raqamlari oʻrnatilgan. Dron tasvirlari joylashtirgan YouTube kanali blogeri Uinston Sterzelning taʼkidlashicha, Xitoy elektromobil ishlab avtomobillarni raqam koʻrsatish va hukumatdan subsidiyalar olish uchun ularni roʻyxatdan oʻtkazayotganini va sotganliklarini daʼvo qilmoqda.

Ingliz tiliga tarjima qilingan sarlavhalardan birida shunday deyilgan: “15 000 kvadrat metr maydondagi 600 ta BYD mashinalari ishlov berilishini kutmoqda”. 

South China Morning Post va The Atlantic gazetalari 2018-yilda mamlakatning eng yirik shahri va jahon moliya markazi boʻlgan Shanxayda xuddi shunday, biroq velosipedlar bilan bogʻliq hodisalar haqida xabar bergandi. Atlantikaning xabar berishicha, 2017-yilda Xitoyda velosiped almashinuvi eng yuqori choʻqqisiga chiqqandan soʻng, taklif talabdan sezilarli darajada oshib ketgan. Natijada yirik maydonlarda velosipedlar togʻi paydo boʻlgandi.

Mazkur dron tasvirlarining bir qismi ikki yol oldin olingan. Elektr transport vositalari qabristonining hozirgi holati qanday ekanligi va avtomobil ishlab chiqaruvchilarga nisbatan biror chora koʻrilganmi yoki yoʻqligi nomaʼlum.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07
Musiqa Dunyosida Yangi Davr: Endi Sun'iy intelekt qo'shiqlari yanada ommalashadi
Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan qo‘shiqlarning to‘lqini to‘xtamayapti. Musiqa industriyasi esa bu “zararni” to‘xtatish o‘rniga, undan qanday qilib pul ishlash mumkinligini o‘rganishga kirishdi. Endi asosiy e’tibor — AI musiqani aniqlash, uni tartibga solish va undan foyda olishga qaratilgan texnologiyalar yaratishdir.
AI
24 iyun, 14:41
Tesla Robotaksi: Ilk mijozlardan Sharhlar va Qiziqarli Tafsilotlar
Elon Musk va’da qilganidek, iyun oyida ''nazoratsiz'' robotaksi xizmatini ishga tushirdi – lekin bu atama nisbiy bo‘lib chiqdi. 22-iyun kuni Texasning Ostin shahrida kezayotgan taksilar hali ham nazoratchi xodimlar va bazi cheklovlar bilan ishlayapti.
Avto
23 iyun, 15:10
"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'olib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35