Xiaomi Electric Scooter 4 Pro — qulayligi, narxlari va texnik xususiyatlari

Xiaomi yangi 4 Pro elektr skuteri 45 km gacha yurish va 25 km/soat tezlikka ega.

Xitoy brendining flagman elektr skuteri sotuvi boshlanganiga koʻp boʻlgani yoʻq. Bungacha taqdim etilgan eng yaxshi modellar ichida Xiaomi Electric Scooter 4 Ultra ham yaxshi va kuchli tanlov hisoblanadi. Uning Pro modeli esa yuqori quvvatli dvigatelga ega boʻlgan katta hajmli buklanadigan versiyadir.

Elektron

Ishlab chiqaruvchi yangi mahsulotni “Tez sayohatlar va qulay yurishlar” shiori ostida targʻib qiladi. Oʻzbekistonda Xiaomi Electric Scooter 4 Proni topish bir qarashda oson emas, asosan, 2 va 3-modellari sotuvda koʻp uchraydi, narxi ham sifatiga yarasha qimmatroq.

Texnik xususiyatlariga kelsak, Xiaomi Electric Scooter 4 Pro dvigatelining quvvati 700 Vt, nominal quvvati 350 Vt, maksimal tezligi 25 km/soat va masofasi 45 km. Akkumulyator sigʻimi 12 400 mA/soatni tashkil qiladi. Bundan tashqari, Electric Scooter 4 Pro ning ogʻirligi 17 kg boʻlib, 120 kg gacha yuk koʻtara oladi. Oʻlchamlari 1198 x 480 x 1240 mm, buklanganida — 1198 x 480 x 510 mm ni tashkil etadi.

Xiaomi Electric Scooter 4 Pro tanlanadigan mavjud uchta haydash rejimiga ega. Ularni almashtirish uchun displey ostidagi markaziy boshqaruv tugmasini ikki marta bosish kerak. Bir marta bosish yorugʻlikni faollashtiradi yoki oʻchiradi. Piyoda rejimi — bu, masalan, skuterni tepaga surish kerak boʻlganda yordam beradigan yordam funksiyasi. Bunda tezlik soatiga bir necha kilometr bilan cheklangan bo‘ladi. Biroq, bir oʻziga xosligi bor: dvigatelni faollashtirish uchun siz gaz pedalini tez bosishingiz yoki skuterni qisqa vaqt ichida “tezlashtirishingiz”, keyin yana toʻxtashingiz kerak.

“Standart” rejimi eng yuqori tezlikni soatiga 20 kilometrgacha cheklaydi va biroz kamroq tebranish his qiladi. Biroq, “Sport” rejimida Xiaomi Scooter 4 Pro sezilarli tezlanishga ega bo‘ladi, boshqaruvda soatiga 25 kilometr maksimal tezlikka erishadi.

Narxi

Yangi Xiaomi Electric 4 Proni boʻlib toʻlashga ham xarid qilish mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47