Xiaomi avtomobili oktyabr oyida Xiaomi 14 bilan birga taqdim etiladi
Avtomobilning taxminiy narxi 27 000 dollar va u bir quvvatda 800 km masofani bosib oʻtishi mumkin
Xiaomi bu yil oʻzining birinchi elektromobilini Xiaomi 14 bilan birga taqdim etmoqchi, bu haqda Carnewschina xabar berdi.
Olindroq Xiaomi 14 taqdimoti 11-noyabr kuni rejalashtirilgan edi. Soʻnggi ma'lumotlarga koʻra, Xiaomi 14 oktyabr oyida boʻlib oʻtadi.

Xiaomi avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha allaqachon milliy rivojlanish va islohotlar komissiyasidan ruxsat olgan. Soʻnggi ma'lumotlarga koʻra, Pekindagi Xiaomi zavodi hozirda haftasiga 50 ga yaqin avtomobil ishlab chiqaradi.

MS11 sedanining narxi taxminan 27 000 dollarni tashkil qilishi va Tesla Model 3, BYD Seal, Deepal SL03 va boshqa oʻnlab Xitoy elektromobillari bilan raqobatlashishi kutilmoqda. U 101 Vt / soat quvvatga ega akkumulyator batareyasini oladi, bu unga bir zaryad bilan 800 km masofani bosib oʻtishga imkon beradi.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar



