“Yulduzlar urushi” real hayotda: yarim million dollarlik uchar mototsikl namoyish qilindi

XTurismo uchar mototsikli “Yulduzli urushlar”dan ilhomlanib ishlab chiqilgan. Har taraflama puxta ishlangan faqatgina mototsikl qiymati salkam yangi Ferrari narxiga teng.

Aerwins Technologies kompaniyasi yaqinda Abu-Dabida uchar velosipedni namoyish qildi. Biroq bu qurilma “yangi avlod transporti” deb atalmoqda.

Esingizda bo‘lsa, Facebook’da mutlaqo mavjud bo‘lmagan uchar mashina — “Mohishwa JRR4 (1976)” reklamasi yuzlab kishilarni chuv tushirgani haqida xabar bergandik, bu safargi texnika esa haqiqatda bor va allaqachon sotib olish mumkin.

“Bu mototsikl havo transporti orzusining amalga oshishi boʻlib, dunyoni mutlaqo boshqa tarafdan koʻrish, kishilarga samoda erkin harakatlanish quvonchi va zavqini his qilish imkonini beradi”, — yangi ixtirosini xuddi shunday taʼriflagan kompaniya.

Havo kreyseri nafaqat fantastik koʻrinishga ega, balki ajoyib muhandislik namunasi ham hisoblanadi.

XTurismo deyarli 100% uglerod tolasidan tayyorlangan, jumladan korpus, boshqaruv paneli va propellerlari ham aynan shunday toladan ishlab chiqilgan.

Mototsikl markazida tortishish va balandlikda muvozanatni toʻgʻri ushlab harakatlanishi uchun ikkita katta dvigatel bilan boshqariladigan propellarga ega.

Shuningdek, uchish yoʻnalishidan chiqib ketmasligi uchun toʻrtta kichikroq, akkumulyator bilan ishlaydigan propeller bilan jihozlangan.

Uchar mototsikl taxminan 80 km/soat tezlikka erisha oladi va bir martalik yonilgʻi sarflanadigan maksimal masofa 40 daqiqani tashkil qiladi. Velosipedning ogʻirligi 300 kg bo‘lib, havoda 20 metr balandlikda harakatlana oladi.

Shunga qaramasdan, kompaniya XTurismo yerdan bir necha metr balandlikda uchish uchun moʻljallanganligini aytmoqda.

Yangi havo kreyseri qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida ishtirok etish moʻljallanganligi aytilmoqda. Kompaniya mototsiklni Birlashgan Arab Amirliklarida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi.

Mabodo siz ham shunday mototsiklga ega boʻlishni istab qolgan boʻlsangiz, u holda hoziroq yangi Ferrari uchun pul yigʻishni boshlang, chunki ajoyib uchar transport narxi oz emas, koʻp emas, naqd 555 000 dollarga teng.

Model soni esa cheklangan ekzemplyarda ishlab chiqariladi.

XTurismo Abu-Dabidagi parvozidan oldin Yaponiyadagi Yamanaka koʻli yuzasidan uchib oʻtib sinovdan oʻtkazilgan.

Orqa fonda qor bilan qoplangan Fudzi togʻi tasvirlangan surat esa, mototsikl kuchini yanada boʻrttirib, hayratlanarli qilib koʻrsatadi.

Avvalroq uy sharoitida yasalgan 5 ta ajabtovur vertolyot modeli haqida ma’lumot berilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44